Ta’lim rivojiga hissa qo‘shgan fidoyilar, ustoz va murabbiylar mehnati e’tirof etildi
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy va kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan taraqqiyoti hamda yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh vazirlik va tizim tashkilotlari xodimlari, oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda professor-o‘qituvchilari “Oliy ta’lim a’lochisi” va “Kasbiy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari bilan tantanali ravishda taqdirlandi.
Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov oliy va kasbiy ta’lim tizimida fidokorona mehnat qilib kelayotgan xodimlar, ustoz va murabbiylarni samimiy muborakbod etdi.
“Oliy ta’lim a’lochisi” va “Kasbiy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishonlari ta’lim tizimi rivojiga qo‘shilayotgan munosib hissa, ko‘p yillik samarali mehnat hamda kasbga sadoqatning e’tirofi sifatida topshirildi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/226015
#Taqdirlash #KoʻkrakNishoni
👉 На руском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52348
11.4K










- 👍 8
- ❤ 4
- 🔥 1