Toshkentda xalqaro kasbiy mahorat tanlovining Markaziy Osiyo bosqichi o‘tkazildi
Toshkent shahrida “World Vocational College Skills Competition – 2026” — Butunjahon injener-texnik va professional ta’lim muassasalari ko‘nikmalar tanlovining Markaziy Osiyo mintaqasi bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🌏 Ikki kun davom etgan tanlovda Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 96 nafar talaba 24 ta jamoa tarkibida ishtirok etdi.
Yoshlar:
🔹 intellektual logistika va ta’minot zanjiri;
🔹 sun’iy intellekt, IT va robototexnika
yo‘nalishlarida o‘z bilim va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etdilar.
Ishtirokchilar real kasbiy vazifalarga yaqinlashtirilgan amaliy topshiriqlarni bajarib, zamonaviy texnologiyalar asosida yechimlar ishlab chiqishdi hamda innovatsion loyihalarini ekspertlar oldida himoya qildi.
🏆 Tanlov yakuniga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin — Toshkent davlat transport universiteti;
🥈 2-o‘rin — Toshkent axborot texnologiyalari universiteti;
🥉 3-o‘rin — Qirg‘iz davlat universiteti hamda Samarqand xalqaro kolleji.
Batafsil: https://gov.uz/edu/news/view/225043
👉 На русском
👉 In English
Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
Post #52270
9.96K










- ❤ 8