♟ TARIXIY G‘ALABA MUBORAK!
🇺🇿 O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi chempioni bo‘ldi!
Samarqand shahrida o‘tkazilgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida terma jamoamiz muddatidan oldin chempionlikni naqd qildi va 4 yil ichida ikkinchi bor Olimpiada oltin medalini qo‘lga kiritdi!
Musobaqada Javohir Sindarov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yakubboyev, Shamsiddin Vohidov hamda Muhiddin Madaminovlar jahonning eng kuchli terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi. Jamoa sardori — Rustam Qosimjonov.
Vakillarimiz ketma-ket uchta Olimpiadaning barchasida shohsupaga ko‘tarilib, tengsiz natija qayd etmoqda:
🥇 2022-yil, Chennay — Oltin
🥉 2024-yil, Budapesht — Bronza
🥇 2026-yil, Samarqand — Oltin
Tarixiy g‘alaba bilan butun xalqimizni samimiy muborakbod etamiz!
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Post #52262
103K

- ❤ 74
- 👍 59
- 🔥 25
- 🎉 17
- 😱 2