TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 146K subscribers
Post #52054 13.4K
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon tumanidagi “Ipak yoʻli” sanoat zonasi hududida tashkil etilgan texnikum faoliyati bilan tanishdi.

Mamlakatimizda yangi sanoat korxonalarini ishga tushirish bilan bir qatorda ular uchun malakali mutaxassislar tayyorlashga ham ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bunda taʼlim jarayonini ishlab chiqarish bilan uzviy bogʻlash muhim oʻrin tutadi.

Prezidentimiz texnikumda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, yoshlar va investor bilan suhbatlashdi.

“Andijon-Huanya” xalqaro texnikumi ana shu maqsadda tashkil etilgan. Texnikum “Ipak yoʻli” hududidagi toʻqimachilik, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa yuqori texnologiyali korxonalar uchun talab yuqori boʻlgan yoʻnalishlarda mutaxassislar tayyorlaydi.

Loyihaning umumiy qiymati 15 million dollarni tashkil etib, toʻliq xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshirildi. Natijada 150 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

Toʻrt gektar maydonda 5 ming nafar oʻquvchiga moʻljallangan zamonaviy oʻquv binosi qurib bitkazildi.

Muassasada dual taʼlim tizimi joriy etilgan. Oʻquvchilar nazariy bilimlarni texnikumda egallab, amaliyotni sanoat zonasidagi yirik korxonalarda oʻtaydi. Texnikum joriy yil iyun oyida ishga tushirildi. Hozirda bu yerda 210 nafar oʻquvchi tahsil olmoqda.

2030-yilga qadar yillik qabulni 1 ming 800 nafarga, oʻquvchilarning umumiy sonini esa 4 ming nafarga yetkazish rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim yoʻnalishlarining soni 20 tagacha koʻpaytiriladi.

#Prezident #tashrif #Andijon #texnikum

Facebook | Instagram | YouTube|Telegram
  • ❤ 9
  • 👍 2
More from @eduuz
  1. Sep 24, 2026🔆 “ICT Week Uzbekistan 2026” ⚡️ Shu kunlarda Toshkentda o‘tayotga ICT Week axborot kommun…
  2. Sep 24, 2026#Qonunchilik_yangiliklari 📝 Magistratura ta’limida yangi tartiblar joriy etildi Mazkur ya…
  3. Sep 24, 2026Saida Mirziyoyeva BMTda: O‘zbekistonning tanlovi — inson qadr-qimmati O‘zbekiston Preziden…
  4. Sep 24, 2026Prezidentimiz Andijon viloyati taraqqiyotiga xizmat qiladigan yangi choralar va tashabbusl…
  5. Sep 24, 2026Ko‘p ish o‘rni yaratayotgan sanoat korxonalari uchun yangi rag‘batlantirish choralari belg…
  6. Sep 24, 2026“Besh yil oldin bunga ishonarmidingiz?“ — Prezident onaning farzandi oliygohga kirgani haq…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →