TGViewer
Edu.uz Edu.uz @eduuz · 145K subscribers
Post #38596 48.2K
20 ta OTMda test shaklida HEMIS 🆔 — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan raqamli yordamchi ishga tushirildi.

💡 Talabalar uchun barcha sun’iy intellekt asosidagi tahlillar my.hemis.uz platformasida jamlandi.

🚛 HEMIS AI — bu talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini chuqur tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etadi:

✔️GPA tahlili — o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
✔️Davomat tahlili — darslarga qatnashish darajasini baholab, kechikish sabablarini tahlil qiladi.
✔️Dars jadvali tahlili — mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
✔️Tavsiyaviy kurslar — talabaning qiziqishlari va o‘quv natijalariga mos tarzda Coursera platformasidan kurslarni tavsiya etadi.
✔️Plagiat tekshiruvi — mustaqil ishlar, BMI hamda ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlashga yordam beradi.
✔️Moliyaviy holat tahlili — shartnoma to‘lovlari, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq va tizimli tahlilni taqdim etadi.
✔️HEMIS Chatbot AI — foydalanuvchi so‘rovlarini tahlil qilib, tezkor va aniq javoblarni taqdim etadi.

HEMIS AI test sinovi shaklida quyidagi OTMlarda joriy etildi:

1. O‘zbekiston Milliy universiteti
2. “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti
3. Jizzax davlat pedagogika universiteti
4. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti
5. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
6. Buxoro davlat universiteti
7. Samarqand davlat universiteti
8. Termiz davlat universiteti
9. Xalqaro Nordik universiteti
10. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
11. Alfraganus university
12. Farg‘ona davlat universiteti
13. Qarshi davlat universiteti
14. Qo‘qon universiteti
15. Navoiy davlat universiteti
16. Samarqand davlat chet tillar instituti
17. Qoraqalpoq davlat universiteti
18. Toshkent amaliy fanlar universiteti
19. Samarqand davlat tibbiyot universiteti
20. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


😀😃😄😁😆🥹😅😂
  • ❤ 30
  • 👍 25
  • 🔥 7
  • 😱 1
More from @eduuz
  1. Sep 24, 2026#xizmat_safari #Andijon Andijonda oliy ta’lim tizimining ustuvor vazifalari muhokama qilin…
  2. Sep 24, 2026“ICT Week Uzbekistan 2026”: EʼTIROF Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi “ICT Week…
  3. Sep 24, 2026#Avtomobilsiz_kun 25-sentyabr kuni navbatdagi “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi Aksi…
  4. Sep 24, 2026#KelajakTadbirkori_2026 #Toshkent #Yoshlar_kuni “Kelajak tadbirkori – 2026” kasb, bandlik…
  5. Sep 24, 2026🔆 “ICT Week Uzbekistan 2026” ⚡️ Shu kunlarda Toshkentda o‘tayotga ICT Week axborot kommun…
  6. Sep 24, 2026#Qonunchilik_yangiliklari 📝 Magistratura ta’limida yangi tartiblar joriy etildi Mazkur ya…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →