Maosh: 10 000 000 – 15 000 000 so‘m
Ish turi: Oflayn, to‘liq bandlik
Ish vaqti: 5/2, 08:00–16:30
Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 2/3
Ish beruvchi: Inventors World
🎯 Sizdan kutamiz:
— Boshlang‘ich yoki maktabgacha ta’lim yo‘nalishida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot;
— Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi sifatida kamida 3 yillik tajriba;
— Ingliz tilini erkin bilish;
— Rus va o‘zbek tillarini yaxshi bilish;
— Turli sinf sharoitlariga tez moslasha olish;
— Kuchli classroom management va kommunikatsiya ko‘nikmalari;
— Tashkilotchilik, ijodkorlik, sabr va emotsional barqarorlik.
💣 Sizning vazifalaringiz:
— Boshlang‘ich sinf fanlari bo‘yicha qiziqarli darslar o‘tish;
— O‘qituvchi yo‘qligida uning darslarini tezkor almashtirish;
— Tayyor lesson planlarga moslashish yoki maktab standartlariga mos materiallar tayyorlash;
— Turli yoshdagi o‘quvchilar uchun o‘quv materiallarini tashkil qilish;
— Interaktiv loyihalar, o‘yinlar, media, qo‘shiq, san’at va ochiq havodagi mashg‘ulotlardan foydalanish;
— Uzoq muddatli o‘rinbosarlik davrida ota-onalar bilan professional muloqot qilish;
— Maktab ma’muriyati, o‘quv dasturi koordinatorlari va sinf rahbarlari bilan hamkorlik qilish;
— Akademik standartlar, xavfsizlik va maktab qoidalariga rioya qilish.
✨ Sizga bera olamiz:
— Bepul sifatli va muvozanatli ovqatlanish;
— Doimiy professional rivojlanish, trening va seminarlar;
— Xalqaro pedagogik tajribalar bilan tanishish imkoniyati;
— Zamonaviy va yaxshi jihozlangan ta’lim muhiti;
— Xalqaro va do‘stona jamoa;
— Mehnat shartnomasi asosida rasmiy ish.
📞 Murojaat uchun: +998 99 633 9999
👉E'lon yoki rezyume joylash uchun: Admin
📣 @EduStaffs — Iqtidor imkoniyat bilan uchrashadigan manzil