📈Sun'iy intellektni o‘rganishni boshladingiz, lekin qayerdan davom etishni bilmayapsizmi? Unda vaqtingiz va e’tiboringizni to‘g‘ri taqsimlash uchun quyida 9 oylik intensiv reja namunasi bilan tanishing!
➡️1–3 oy: Asos yaratish
➡️Matematika va statistika - sun’iy intellekt uchun asos bo‘ladigan algebra, analiz (kalkulyus), statistika va ehtimollarni o‘rganish
➡️Dasturlash - Python yoki shu kabi tillardan birini tanlab, asoslarini o‘zlashtirish
➡️ Ma’lumotlar bilan ishlash - ma’lumotlarni saqlash, tozalash va tayyorlash ko‘nikmalarini shakllantirish
➡️4–6 oy: Sun’iy intellektga kirib borish
➡️Data Science (ma’lumotlar bilan ishlash) - ma’lumotlardan foydali xulosa chiqarishni o‘rganish
➡️Machine Learning - nazoratli, nazoratsiz va kuchaytirib o‘qitish algoritmlarini o'zlashtirish
➡️Deep Learning (chuqur o‘rganish) - neyron tarmoqlar qanday ishlashini tushunish
➡️7–9 oy: Amaliyot va ixtisoslashuv
➡️Sun'iy intelekt vositalari - kutubxonalar va ChatGPT kabi vositalardan foydalanishni boshlash
➡️Ixtisoslashuv tanlang - masalan NLP (matn bilan ishlash) yoki boshqa yo‘nalishga yo‘naltirish
➡️Ishga tayyorgarlik - portfolio yaratish, ish qidirish va bloglar, podkastlarni doimiy kuzatib borish
🏷Ushbu rejani saqlab qo‘ying va sun’iy intellekt kurslarini qidirayotgan yaqinlaringizga ham yuborishni unutmang!
⚜️Agar siz ham sun’iy intellektni o‘rganishni boshlamoqchi bo‘lsangiz, aileaders.uz orqali bepul kurslaridan boshlashingiz mumkin.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
