Nega shaxsiy kanal ochdim?
Faoliyatim davomida ta’lim, ilm-fan va yoshlar bilan bog‘liq ko‘plab jarayonlarning guvohi bo‘lyapman.
Har kuni yangi insonlar, yangi g‘oyalar, yangi savollar va, albatta, yangi xulosalar paydo bo‘ladi.
Ko‘p narsalarni rasmiy sahifalar orqali yetkazish mumkin. Ammo ayrim fikrlar, kuzatuvlar va hayotiy xulosalarni shaxsiy nuqtayi nazardan ham bo‘lishish kerak, deb o‘ylayman.
Shu sabab ushbu sahifani ochdim.
Bu yerda ta’lim va ilm-fan, yoshlar va ularning imkoniyatlari, iqtidorli o‘quvchilar, rahbarlik tajribasi va hayot davomida o‘rganganlarim haqida yozib boraman.
Eng muhimi, bu yerda shaxsiy fikrlarim bo‘ladi.
Siz bilan fikr almashish esa men uchun bundan ham qiziqroq!
Post #654
2.27K
Forwarded from T.Shermatov| Tahlillar