REUNION HAQIDA BILASIZMI?!Xalqaro olimpiadalar yoshlarning bilim va salohiyatini namoyon etish bilan birga, turli mamlakatlar vakillari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlashga ham xizmat qiladi.
Ahmad al-Farg‘oniy nomidagi xalqaro fizika olimpiadasi doirasidagi reunion ham ishtirokchilar uchun o‘zaro muloqot qilish, taassurotlar bilan o‘rtoqlashish va unutilmas lahzalarni birgalikda yodga olish imkoniyatidir.
Men uchun bunday uchrashuvlarning ahamiyati shundaki, ular ilm-fanga bo‘lgan umumiy qiziqish atrofida turli millat va madaniyat vakillarini birlashtiradi.
Bugun olimpiada maydonida tanishgan yoshlar ertaga xalqaro ilmiy hamkorlikning yangi bosqichlariga hissa qo‘shishi mumkin.
FIPhO 2026 nafaqat bilimlar bellashuvi, balki o‘zaro hurmat, tajriba almashish va yangi do‘stliklar uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ishonamanki, Samarqandda boshlangan do‘stliklar va unutilmas xotiralar ishtirokchilar qalbida uzoq saqlanib qoladi.Telegram