Ijtimoiy tarmoqlarda Uchtepa tumani, “Qo‘rg‘ontepa” MFY, 11-mavze, 52-uy hamda 340-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti oralig‘idagi hududda sun’iy suv havzasi qurilishi munosabati bilan daraxtlar kesilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Uchtepa tumani bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
Birlamchi o’rganish ishlari davomida hududda Uchtepa tumani Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan 3 tup aylantus va 1 tup shumtol daraxti, jami 4 tup daraxt hech qanday ruxsatnomasiz tag qismidan kesib tashlangani aniqlandi.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni 37-moddasiga ko‘ra, o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 27 million 280 ming so‘m hisoblandi.
Mazkur holat bo’yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi 234-sonli qarori talablariga muvofiq, Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi olinmasdan turib qurilish ishlari boshlab yuborilganligi aniqlandi.
Hozirda mazkur hudud Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasining Uchtepa tumani bo‘limi tomonidan nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.
__
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36913
222





- 👍 2
- ❤ 1
- 🔥 1