Ijtimoiy tarmoqlarda Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasidagi daraxtlarning tag qismi beton qoplama bilan qoplanganligi haqida murojaat e’lon qilingan.
Mazkur murojaat yuzasidan Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi Ekopolitsiyasining Yakkasaroy tumani bo‘limi xodimlari tomonidan hudud joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish davomida aniqlangan holat tuman obodonlashtirish xodimlari tomonidan bartaraf etildi. Xususan, daraxtlarning tag qismidagi beton qoplamalar olib tashlanib, daraxtlarning ildiz atrofi ochiq holatga keltirildi.
___
🍀 Toshkent shahar Ekologiya va iqlim o'zgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
📱Telegram 🌐Instagram 🌐Facebook
Post #36612
232








