📈
ECONWARS — bu qanday loyiha?Bugungi kunda iqtisodiy savodxonlik har bir yosh uchun muhim ko‘nikmaga aylanmoqda. Aynan shu maqsadda
ECONWARS loyihasi tashkil etilgan.
Bu loyiha orqali siz:
📚 Iqtisodiyot asoslarini sodda va tushunarli tarzda o‘rganasiz.
🧠 Tanqidiy va strategik fikrlash ko‘nikmalaringizni rivojlantirasiz.
🏆 Iqtisodiy olimpiadalarda ishtirok etib, bilimingizni sinovdan o‘tkazasiz hamda qimmatli sovg‘alar va sertifikatlarni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
🤝 Iqtisodiyot va biznesga qiziqadigan faol yoshlar bilan bir jamoada rivojlanasiz.
✨
ECONWARS — bu shunchaki olimpiada emas. Bu o‘z ustida ishlashni istaydigan, iqtisodiyotga qiziqadigan va kelajakda kuchli mutaxassis bo‘lishni maqsad qilgan yoshlarni birlashtiruvchi platforma.
🚀 Agar siz ham iqtisodiyot olamiga ilk qadamni qo‘yishni istasangiz, biz bilan qoling. Oldinda sizni qiziqarli darslar, olimpiadalar va yangi imkoniyatlar kutmoqda!
Telegram |
Instagram