TGViewer
DTPI rasmiy kanali DTPI rasmiy kanali @dtpi_uz · 22.5K subscribers
Post #61960 1.27K
TURIZM VA MEHMONDO‘STLIK: NAZARIYA VA AMALIYOT UYG‘UNLIGI

🔰 Turizm va mehmondo‘stlik ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, ta’lim jarayonini soha amaliyoti bilan uyg‘unlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

📌 Navbatdagi amaliy mashg‘ulot Raqamli iqtisodiyot kafedrasi o‘qituvchisi B. Asadov boshchiligida Denov tumanida joylashgan “Turon Hotel” mehmonxonasida tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalar mehmonxonaning resepsion (qabulxona) bo‘limi faoliyati, mehmonlarni kutib olish va ro‘yxatga olish tartibi, shuningdek, mehmonxona xonalari va ularda belgilangan narxlar bilan yaqindan tanishdilar.

🎓 Mazkur amaliy mashg‘ulotlar talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, mehmonxona xizmatlari faoliyatini bevosita o‘rganish hamda kelgusida raqobatbardosh va malakali mutaxassislar bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta’lim va amaliyot integratsiyasi — sifatli kadrlar tayyorlashning muhim omili!
  • 👍 7
  • ❤ 4
  • 🔥 1
  • 🤝 1
More from @dtpi_uz
  1. Oct 18, 2026📰 “Тафсилот-пресс” газетасининг янги сонида! 📢 2026 йил 16 октябрь куни нашр этилган “Та…
  2. Oct 17, 2026Shu’ba ishlari samarali bo‘ldi Bugun filologiya fakultetida faoliyat yuritayotgan o‘zbek,…
  3. Oct 17, 2026🌍✨ SAYOHAT QILISH ENDI JUDA OSON! ✨🌍 DTPI Turizm yo'nalishi talabalari va OK Travel jamo…
  4. Oct 17, 2026📚 DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTIDA XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2026-yil 17-o…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →