ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETIDA MILLIY LIBOSLAR KO‘RGAZMASI TASHKIL ETILDI
🇺🇿 Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining Aniq va tabiiy fanlar fakultetida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, yoshlar qalbida milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usini mustahkamlash hamda o‘zbek xalqining boy madaniy merosiga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
♻️ Ko‘rgazmada o‘zbek xalqining milliy an’analari, urf-odatlari va o‘ziga xos estetik didini o‘zida mujassam etgan milliy liboslar namoyish etildi.
🔰 Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida milliy liboslarimizga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarimizni asrab-avaylash, milliy an’analarimizni kelajak avlodga yetkazish hamda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti matbuot xizmati 👇
Telegram|Facebook|Website|Youtube
Post #61872
903





- 👍 5
- ❤ 1