🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida tashkil etilgan “Rahbar ayollar” dasturi tinglovchilari bilan uchrashdim.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati kadrlar siyosatiga bog‘liq.
Quvonarlisi, bugun ayollarimiz ham davlat va jamiyat hayotiga daxldor bo‘lgan muhim qonunlar va qarorlar qabul qilishda faol ishtirok etish, turli sohalarda o‘z salohiyatlarini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
Tinglovchilar bilan zamonaviy rahbarning mas’uliyati haqida ochiq gaplashdik.
Bugun bilimning o‘zi yetarli emas. Qarorlar qabul qilishda adolat tamoyillariga tayanish, odamlarni eshitish, kuchli jamoani shakllantira bilish va birgalikda maqsad sari natijaga intilish, yangilikka ochiq bo‘lish va barcha jarayonlarda shaxsiy namuna ko‘rsatish muhimdir.
Gap faqat rahbar ayollar sonini ko‘paytirishda emas, mehnat jamoalarida ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratilishi bilan birga, mas’uliyat ham bir xil bo‘lishida ekanligi ta’kidlab o‘tildi. Rahbar faoliyatining eng muhim bahosi — odamlarning roziligi va ishonchidir.
“Rahbar ayollar” dasturi esa yangi bilim va boshqaruv ko‘nikmalarini egallab, o‘z salohiyatini mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida amaliy natijaga aylantirish uchun muhim imkoniyat maydoni.
@tanzilanarbaeva
Post #16479
1.89K
Forwarded from Tanzila Narbaeva





