TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #999 4.01K
Domlalar ziyorati

O‘zbekiston Milliy universiteti - dasturchilar va matematiklar uchun kuchli bilim manbai.


O‘zMU bilan juda ko‘p xotiralarim bor. 6 yil talaba bo‘ldim, yana 5 yil ishladim.

Beruniy metrosidan talabalar shaharchasiga qarab yurar ekansiz, sokinlik va bilim ishtiyoqini sezasiz. Atrofda juda ko‘p daraxtlar va talabalar. Papkasini ko‘targan domlalar va savol bilan murojaat qilgan talabalar. Hammaning niyati bitta bilib olish va bilib berish.

Chorshanba kafedra kuni - barcha domlalar keladigan kun.


Odatda har Chorshanba majlis kuni edi. Men ishlagan "Programmalash va tarmoq texnologiyalari" (hozirda "Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt") kafedrasi dasturchilar uchun tayanch kafedra hisoblanadi. C++, Ma’lumotlar bazasi, Java, Operatsion tizimlar, Matemarik analiz, Sonli usullar fanlari dasturchilarning miyasini qotirsa-da, bitirganidan keyin ko‘p kerak bo‘ldi.

Universitetga borganimda o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘ldim. Binolar yangi tus olgan. Daraxtlar shoxlari ko‘paygan. (Bir vaqtlar kal qilib ketishgan edi.)

To‘g‘ri kafedra tomon bordim. Yuzni tanib ochiladigan Turniketlar qo‘yilibdi. (eeeh...)

11:50 - Tanaffus.


Hozir ham tanaffus vaqti o‘zgarmapti. 25 yil oldin biz o‘qigan paytda ham 11:50 da edi. Ayni vaqtida keldim. Dars tugashidan 10 daqiqa oldin kafedraga kirib bordim.

Domlalar bilan iliq salomlashdim, samimiy suhbatlaridan bahramand bo‘ldim, damlab qo‘yilgan choylaridan bir piyola ichishga muyassar bo‘ldim.

O‘zimni 25 yil ortga, talabalik davrimga qaytgandek his qildim. Deyarli hech nima o‘zgarmagandek.


Katta bilim shu bino ichida qolib ketmoqda, - deb his etdim. Bu ilmni ko‘chaga, ko‘proq insonlarga yetkazish kerak.

Diplom kerakmi? - deb xom savollar bilan yurgan yoshlarga muhandislikning rosmana ilmini ko‘rsatish kerak.


Bu fikrlar meni ko‘p o‘ylantirgan. Buni tezroq ro‘yobga chiqarish kerak.

Shu o‘ylar bilan ortga qaytdim.

Sokin hayot kechayotgan universitetni yana keyingi safarimgacha ko‘p qumsayman.


Agar sizda ham shunday bilim maskanlari haqida xotiralar bo‘lsa, yoki hozirda ham kuchli domlalar haqida ma’lumotingiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirsangiz. Ularni ham ziyoratlariga borsak. Hammaga foydali ma’lumotlarni ulashsak.

Kuningiz xayrli o‘tsin!


05.12.2025 Toshkent
@DrAlgorithm
  • 👍 50
  • 🔥 13
  • 🕊 4
  • ⚡ 1
  • 🥰 1
  • 👏 1
  • 🆒 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →