UzGeeks MeetUp Nov2025 tadbiri juda zoʻr ruhda oʻtdi.
Mavzular biroz oʻgʻir kelsa kerak, - deb oʻylagan edim. Ammo juda koʻpchilik savol berdi. Demak mavzuni tushunishgan va balki qiziq boʻldi.
Tadbir vaqtida 2 vazir kirib kelishgani ajoyib hayajon olib keldi. Yoshlarimizni Sunʼiy Intellekt davrida qilgan loyihalari uchun taqdirlashdi. Davomli boʻlsin.
UzGeeks rasmiy kanalida tadbirdan lavhalar berib borildi. Online qizish bildirganlar bilan suhbat uyushtirildi. Stream qilib, online uzata olmadik. Nasib qilsa videosini chiqarib berishsa kerak.
Taqdimot fayllarini soʻraganlar bor. Shu yerga tashlab qoʻyaman.
1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari
https://docs.google.com/presentation/d/1DFtKPGXN2wv3FHaS1iHJmVk04j-2O_wkKwHVEAVasQE
2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish
https://docs.google.com/presentation/d/1ZrWpC3MV-OPqr9FglcqboLUQLYwAEkNI2lcj1VQfEdo
3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda.
https://docs.google.com/presentation/d/14LbYi2WtZlUKG8Bg4jtU6sSWUa3ROO59nQsT7BF8vJs
Agar biror savol yoki taklif boʻlsa, shu kanalim tagidagi shaxsiy xabar orqali murojaat qilsangiz boʻladi.
Dam olish kuni maroqli oʻtsin.
30.11.2025 Toshkent
@DrAlgorithm