TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #908 3.48K
Dasturchiga kompyuter kerakmi?

Hayotiy voqea.

Bir vaqtlar o‘quv markazida ishlar edim. Talabalarga dasturlashni o‘rgatar edik. Darslarimiz 6 oylik bo‘lib, birinchi oy faqat algoritm mavzusi o‘rgatilar edi.

Algoritm turlari, nima uchun va qayerda ishlatiladi, - kabi mavzular bilan boshlanar edi.


Darslar 15-20 kishilik xonada bo‘lar edi. Sababi, bizning kompyuter xonalarida 8 tadan kompyuter bo‘lib, algoritmni tugatib, 2 ta guruhga bo‘linishligi kerak edi.

Nimani sezdingiz?

5 soniya o‘ylab ko‘ring....

Xonada 15 ta o‘quvchi, 1 oy Algoritm mavzusini o‘qiydi, kompyuterlar soni 8 ta.


G‘alati emasmi?

Aynan shunday. Dasturlash kursiga kelgan talabalar 1 oy davomida qog‘ozda o‘rganishar edi. Kompyutersiz.

Har safar yangi guruh ochganimizda: Qachon kompyuterga o‘tiramiz, - der edilar.


Bu usulni ataylab qilgan edik. Dasturlashni yangi o‘rganayotgan odam fikrlashni va diqqatini bitta joyga jamlashni bilishi kerak. Qog‘ozda esa aynan shu sodir bo‘ladi. Xonada hatto chalg‘ituvchi rasmlar ham yo‘q.

Qog‘oz, qalam, doska + masala.


Blok sxema yordamida dastur yozar edik. Debug uchun ham doskadan foydalanar edik. Katta tizimlar qurilmas edi. Chunki maqsad kichik tizimni qilishni o‘rgatish. Shu bilan birga tizimlarni bir biriga ulashni bilish ham kerak edi.

Agar siz ham dasturlashdan dars berayotgan bo‘lsangiz, shu usulni ishlatib ko‘ring. Boshida 1 hafta talabalar noliydi. 1 oy o‘tib imtihon qilasiz, faqat yaxshi tushungani o‘tadi. O‘ta olmagani qaytadan 1 oy Algoritm o‘qiydi. O‘tganlari esa kompyuterda dasturlash tilini tez va sifatli o‘rganadi.

Doim beriladigan "Qaysi dasturlash tilini o‘rgansam bo‘ladi?" - degan savol javobini topgan bo‘lsangiz kerak.

Albatta, avval Algoritmni o‘rganing.

Buni bilgan odam yangi til o‘rganishi uchun 1 oy yetarli bo‘ladi.


....

Kitob o‘qib turib, shu maqolani yozdim. Fikrlarim bilan bo‘lishgim keldi. Tajribani shunday ulashmasak, boshqa yaxshiroq usulni eplay olmayapmiz.

Kuningiz xayrli o‘tsin.

19.09.2025 London
@DrAlgorithm
  • ⚡ 54
  • 🔥 24
  • 👍 14
  • 🆒 3
  • 🕊 2
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →