TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #906 3.92K
StartUp va yoshlar

O‘zbekistonda StartUp qilayotgan yoshlar ko‘paygan. Bu juda yaxshi holat. O‘zining shaxsiy tijorati (biznesi) bo‘lishi juda zo‘r.

Yoshlarimiz tirishqoq, qiyinchilikdan qo‘rqmaydi, ishini oxiriga yetkazishga harakat qiladi. Bu xislatlar hammada ham bor emas. Bersang yeyman, bermasang o‘laman - kayfiyatidan chiqib olganimiz quvonarli holat.

Ammo bitta "Lekin"imiz bor.


StartUp qilish qoidalari va talablari bor. Buni ko‘pgina markazlar o‘rgatib kelmoqda. Masalan, StartUp Garage. Yangi boshlayotganlarga yo‘l xaritasi (Roadmap) berib, har bir bosqichni tushuntirib kelishmoqda. Bu fundamental bilim va busiz ish yurishi qiyin.

Hatto yaqinda StartUp Garage o‘zining yopiq eco-tizimini hamma uchun ochdi (Founders Community). Endi hamma tekinga a’zo bo‘lishi mumkin. StartUp asoslarini o‘rganishi, tanish-bilish orttirishi mumkin.

Meni o‘ylantirgan narsa esa, yoshlarning ish yuritishi.


O‘zini CEO deb bilgan StartUpchilar, g‘oyadan boshqa ish qilmagan. Menga ham ko‘p yozishadi. 2-3 asoschi bilan suhbat qilib koʻrdim, gaplari qiziq:

- Oka, manga CTO kerak-de.
- Nima uchun?
- Shu man o‘ylagan narsani yasab beradi. Hammasini o‘zi boshqaradi. TZ yozishdan bozorga kirishgacha qilib beradi.

Yoki:
- CTO misiz? Manga CTO kerak. Kompyuterga aloqador loyiha o‘ylaganman. Shuni qilib berish kerak.

G‘oya borligi yaxshi, g‘oya hammada bor.


Shu g‘oyani tushuntirib bera olish, uni amalga oshirish uchun qadamlarni yozib chiqish, shu qadamlarni bajarish uchun harakatni boshlash, har kuni g‘oyani loyihaga aylantirish ustida ishlash hammaning ham qo‘lidan kelmas ekan.

Hurmatli StartUp asoschilari:

- Agar StartUpʼingiz hali g‘oya shaklida bo‘lsa, iltimos, StartUp qurish asoslarini o‘rganing.

- IT mutaxassisi qilib beradi, men shuni ustida biznes qilaman, - degan fikrdan qayting.

- G‘oyamni yasayman, sarmoya (investitsiya) olaman va sotaman, - deb kichik fikrlamang.

G‘oya bormi? BIror muammoni hal qiladimi? Raqobat qila olasizmi? Ko‘lami katta emasmi? Tez bozorga kira olasizmi? O‘zi umuman bozorga kirish imkoni bormi?


kabi savollarga javob topib qo‘ying.

Nazariy asosini bilmasdan ish boshlasangiz 90/10 ning 90 tomonida bo‘lib qolasiz.

StartUp boshlaganingiz zo‘r, to‘xtamang. Parallel nazariy tomonini ham o‘rganing. Biz sizga yordam beramiz. Faqat savollar va taqdimot (pitch)ga yaxshi tayyorlaning. Vaqtni nazorat qiling.

Foydali va asosli StartUpʼlarimiz koʻpayvursin!

15.09.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 37
  • 👌 4
  • 🕊 3
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →