TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #892 10.6K
Loyiha dasturchiga bog‘liq bo‘lmasin

Bir vaqtlar dasturchilar jamoasi yiqqan edim. Ishlab turgan loyiha, ammo jamoa yo‘q edi. Shu sababli tezroq ishni boshlay olish uchun Senior dasturchilardan jamoa yig‘ish fikrida edim.

Bir kuni chet el korxonasida 10+ yildan ortiq ishlagan Senior bilan gaplashdim. Jamoaga qo‘shilishga rozi bo‘ldi. Unga loyiha arxitekturasini to‘liq topshirdim. Chunki uning chet el korxonasida ishlagan ish tajribasi men uchun muhim edi. O‘zim faqat mahalliy korxonalarda ishlagan bois.

Ish boshladik, lekin ish boshlashdan avval qiziq gap edi:

- Loyihani manga bog‘lama!
- ...
- Sanga etgan ishingni qilib beraman, loyihani to‘liq eplab beraman, korxonada ishlash tizimini (madaniyatni) shakllantirib beraman. Faqat loyihalarni manga bog‘lab qo‘yma. Ertaga ketadigan bo‘lsam, xafagarchilik bo‘lmasligi kerak.

Man uchun bu qiziq tuyuldi. Xuddi muzdek suv quygandek. Bu gapni birinchi marta eshitishim edi.

Hozir fikrim unday emas. Rostdan ham loyihani dasturchiga bog‘lash kerak emas. Dasturchi keladigan va ketadigan odam. Loyiha esa doim ishlashi, takomillashishi va kengayishi kerak.

Har safar dasturchingiz ketib qolsa, loyihani qaytadan yozmaysiz-ku.


Demak, loyihani dasturchiga bog‘lab bo‘lmas ekan. Unda nima qilaman? Qanday qilib korxonani doim ishlashini ta’minlayman? Qanday qilib dasturchilarni qiziqishini ushlab turaman yoki o‘qitaman? Ular baribir ketadigan bo‘lsa. Ularga nima uchun sarmoya (Investitsiya) kiritishim kerak?

Yechim izlash kerak.

Ba’zi yechimlarni ishlatib ko‘rdim.

1. Hujjat yozing. Loyiha davomida dasturchi korxona yordamida o‘rgangan tajribasini hujjat qilib yozsin. Biror jarayonni eplay boshladimi, darrov qanday qilib bajarayotganini yozib qo‘ysin.

2. Vazifa berishda, biror mavzuni muhokama qilishda doim hujjat shakllantiring. Odatda ba’zilar kunlik majlis (Stand-up)larni qilmaydi. Qilsa ham, og‘zaki gaplashib, hech nima yozmaydi. Siz esa yozing. 4 qator bo‘lsa ham yozing..

3. Dasturchingiz salohiyatini doim o‘stirib boring. Kurslarga borsin, bilim olsin. Yilda bir marta bo‘lsa ham bitta kurs olib bering. Xarajat qilganingizda ketib qolishidan qo‘rqmang. Juda bo‘lmasa, 2 yil ishlab berasan deb shart qo‘yasiz.

4. Konferensiya va MeetUplarda qatnashsin. Faol bo‘lishini ta’minlang. Ham shaxsiy brendi kuchayadi ham sizning korxonangiz nomi chiqadi.

5. Dasturchilar jamoasi: "Yo‘q", - desa, salbiy qaramang, asosini o‘rganing. "Yo‘q" deyish mumkin. Nima uchun ekanini o‘rganish mumkin emas.

Bu holat hammamizda bo‘ladi. Shu sababli aybni xodimimizdan emas, avval ishni tashkil etishda qilgan xatoimizdan izlang. Tizim ishlashi kerak. Shunga harakat qiling.


Kuningiz barakali o‘tsin. Dasturchilar ketaman deyishmasin :)

28.08.2025 London
@DrAlgorith
  • 🔥 64
  • 👍 20
  • ✍ 2
  • 👏 2
  • 🤝 2
  • 🕊 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →