TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #877 3.94K
Anti DeepFake

SI (Sun'iy Idrok) rivojlanishi ham ijobiy ham salbiy oqibatlarga sabab boʻldi. Shulardan biri DipFeyk (DeepFake) texnologiyasi. Bu texnologiya yordamida siz biror shaxs nomidan ish yurita olasiz.

Bu xuddi birovning imzo qoʻyishini oʻrganib olgandek.

FinTex bozori


FinTex bozori odamlarga online xizmat koʻrsatishga asoslangan. Bank idorasiga borgandek, idoralarga borishingiz va navbat kutishingiz shart emas. Buni barchasi online amalga oshiriladi.

Xizmat koʻrsatishning eng nozik qismi mijozning shaxsini tasdiqlash. Buning uchun turli shaxsni tasdiqlovchi (ID Verification) xizmatlari bor. Masalan, MyIdUz. Yuzingizni va hujjatingizni rasmga oladi va tasdiqlaydi.

Ammo bu tizimlarni DeepFake orqali aldash mumkin. Birovning rasmi bor boʻlsa, uning videosini yasab, shaxsni tasdiqlash tizimini aylanib oʻtsa boʻladi.

Konferensiyadan yangilik


Konferensiyada koʻrgan texnologiyalardan biri aynan shu DeepFake, yolgʻon shaxsni tasdiqlash, videosini aniqlash ekan.

Bu tizim shaxsni tasdiqlash tizimi bilan ketma-ket ishlaydi. Videoni bunga yuklaysiz, video rostdan ham haqiqiy odam olgani yoki DeepFake yordamida yasalganini aniqlab beradi.

Qanday ishlashiga qiziqib koʻrdim. Har bir Frame'ni tekshirib, orasida qanday oʻzgarishlar boʻlganidan aniqlar ekan. Koʻp parametrni hisobga oladi.

Aytadi-ku, kosmik kemalarimiz fazoni zarb etayotgan paytda...


SI sohasida ochilmagan ixtirolar hali koʻp.

13.06.2025 London
@DrAlgorithm
  • 🔥 20
  • 🕊 2
  • 🙈 2
  • 👍 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →