TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #876 14.6K
Ota, farzand va kitob

Avtobusda ketayotib ajoyib manzarani kuzatdim.

Ota farzandini aravachada olib ketmoqda, qoʻlida kitob.


Iroda - kitobni keyin oʻqirman, shartmi hozir oʻqishim, - desa boʻladi-ku. Otaning matonati, barcha "sabab"larni "bahona"ga aylantirganini qarang. Irodasiga qoyil qoldim.

Intizom - har birimizga vaqt kuniga 24 soat berilgan. Kimdir ishini ketma-ket reja qiladi. Shu sabab har bir ishga ketgan vaqtni yigʻsak 24 chiqadi. Kumdir ertalab turib: "Bugun nima qilmoqchi edim", - deydi. Uniki 16 chiqsa kerak. Rasmdagi otadek insonlarda ishlar parallel reja qilingan boʻladi. Bular kuniga 32 soat yashasa kerak.

Ota - farzandini maktabga olib borish faqat onalarning vazifasi emas. Otaning ham vazifasi. Rasmga qarab, oʻylanib qoldim. Yuqoridagi gapga yaxshi namuna ekan.

Eʼtibor bering, aravachada 2 ta bola.


- Mayli, man ishga ketdim. Bollarni bir nima qilarsan, - deb ketvorsa boʻladi -ku.

Xulosa qilib aytganda, hali bir-birimizdan oʻrganadigan narsa koʻp. Vaqtimizni qancha unumi qila olsak, shuncha oʻzimizga va yurtimizga yaxshi.

Kitob oʻqigan xalq kambagʻal boʻlib qolmaydi.


Oʻqiylik. Oʻrganaylik.

---

Kecha bitta yangilik oʻqib qoldim. AQSh va Xitoy oʻrtasida boj masalasi uzil kesil hal boʻlibdi. Endi Xitoy xalqi AQSh universitetlarida maxsus imtiyoz bilan oʻqishi mumkin. Xitoy oʻz xalqi AQShda oʻqishi uchun harakat qilmoqda. 10-20 yilda koʻrasiz, Xitoy taʼlimda ancha oldinga oʻtib oladi. Keyin hammamiz Xitoyga borib oʻqisak kerak, "MIT Chin" da.

12.06.2025 London
@DrAlgorithm
  • 🔥 38
  • 👍 19
  • ⚡ 2
  • 🕊 2
  • 💯 1
  • 👀 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →