Iltimos, barcha davlat tashkilotlarida ishlayotgan AKT mas’ullari!
Tashkilotingizda 2-3ta server o’rnatib undan mini Data Center’dek foydalanamiz degan gaplarga yo’l qo’ymanglar. Baribir Data Center bo’la olmaydi, infrastruktura baribir javob bermaydi. Network control, file sharing, video camera control, kesh server yoki SXD sifatida mayli tursin, lekin production loyihalar uchun emas.
Bir kun kelib barcha tashkilotlar buni tushunib yetadi. Hozircha mini data center quraman 19ta tashkilot bor, agar ular pullarini bir joyga to’plasa aloqa vazirligi yaxshigina data center qursa bo’ladi. Shunda xavfsizligi ham, mutaxasislar nazorati ham markazlashadi.
Kim cloud serverlardan foydalanayotgan bo’lsa rahmat aytib qolaman.
@AkhmatovichUz
Post #87
175
Forwarded from Alisher Tojiev