TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #868 5.29K
Dasturchi Prodga qo‘li yetsa.

O‘zbekistonda juda ko‘p dasturchilar Prod serverdan foydalanadi. (Foydalana oladi ham emas, aynan foydalanadi)

Bu juda juda yomon odat.


Lekin, faqat bizda emas, Yevropada ham shunday holatlar uchrab turadi.

Phoenix kitobida shunday joyi bor.

1. Dasturchilar kompyuterida Admin bo‘lib ishlay oladi.

2. Xohlagan payt Prod serverga o‘zgartirish kirita oladi.

Hurmatli biznes egalari, bunday xatolar biznesingiz 0 ga aylanishiga yoki boshqa birovga o‘tib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli ba’zi tavsiyalarni ko‘rib chiqsangiz.

1. Albatta Test server oling.

Ko‘p korxonalarda faqat bitta server bo‘ladi va majbur hamma prod bilan ishlaydi.

2. DevOps va Dasturchining farqiga boring. DevOps sizning odam bo‘lishi kerak. Progda unga huquq beriladi. Dasturchilar esa Test server bilan ishlaydi. Prodga kira olmaydi.

3. Albatta Progda ma’lumot chiqishi jarayonini yozib chiqing. Va o‘zingiz amal qiling. QA javob bergandan keyin DevOps chiqara oladi. Shu tamoyil va rol larni bilib oling.

4. Dasturchilarga o‘zingiz qurilma olib bering. Admin huquqi bo‘lmasin.

Agar dasturchi o‘zining shaxsiy kompyuteridan ishlasa, demak sizning ma’lumotlaringiz xavf ostiga.

5. IT Audit qilib turing.

IT Audit qila oladigan tashkilot va dasturchilar bor. Ularning maslahatini olib va joriy qiling.

Prod hech qachon o‘chmasin!


07.06.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 33
  • 🔥 13
  • 👎 3
  • 🕊 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →