TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #850 2.59K
Olimpiada va bellashuv

Maktabda katta sinflar orasida olimpiada va bellashuvlar bo‘lar edi. Hozir turi ko‘payib ketgan.

Lekin aynan o‘sha olimpiada tufayli Charles Babbage mashinasi, Pascal hisoblash uskunasi, birinchi ayol dasturchilar bilan tanishganmiz.

London Fan muzeyida Charles Babbage mashinasini ko‘rib, maza qilgan edim. Bu quvonchni pul bilan sotib olib bo‘lmaydi.


~~~

Bu xabarni yozar ekanman 2 ta narsa bir vaqtda esga tushdi. Shu sababli har birini alohida xabar qilib yozaman.

~~~

Shoxmot o‘yinini bilasiz. U yerda menga eng yoqadigan shakl - ot. Chunki uning yo‘nalishini yaxshi bilsangiz kutilmagan zarbalar bera olasiz.

Shoxmot taxtasida bitta ot bor. Sizga bo‘sh kataklardan biri ko‘rsatiladi. Diqqat savol:

- Ot ko‘rsatilgan katakka eng kam nechta qadam bilan bora oladi?


~~~

Bu masalani avval qo‘lda yechib ko‘ring. Keyin dasturini yozishga harakat qiling. Juda qiziq.

Ilk marta bu masalani 9 sinfda yechib ko‘rgan edim. U vaqtlar dasturlash fani 8-sinfda kirishni boshlar edi. 3 kun urinib, yechimni topganimda, nima uchun aynan shunday ekanini his qilganimda, rosa maza qilgan edim.

Shunday baxtni siz bilan ulashgim keldi.


Eslatma:
1) Izohlarni o`qishdan avval urinib ko`ring. Izohlarda kimdur javobini qoldirgan bo`lishi mumkin.
2) Javobni izohlarga ochiq holda qo`ymang. Hammaga urinishga imkon bering.

01.05.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 23
  • 🔥 2
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →