TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #832 3.89K
Paiziev24 Road24
Road24 vs Safe Road

Bunday holatlar juda ko‘p bo‘lib kelmoqda. Qachon tugar ekan deb kutib charchadi odam.

2016 yili katta majlisda IIVning Toshkent bo‘limi katta " (plyus) bilan chiqqan edi. Sababi 2015 yili SHOS vaqtida PPX va YPX mashinalariga qo‘yilgan GPS orqali ko‘p ishlarni oson qila olishgan edi. Boshqa hududlarimizda hali GPS qo‘yilmagan edi.

Shunda davlat rahbarimiz:
- Biror vazirlik yasagan tizimni, qaytadan yasashni yig‘ishtirish kerak. Bitta tizim unumli ish berdimi, boshqa vazirliklarga ham tatbiq qilish kerak, - degan fikrni aytgan edilar.

Mana yillar o‘tdi. Lekin nadagur bu hali ham o‘zgarmadi.

Toshkent shahar avtobus xizmatlarini GPS tizimini bir vaqtlar Via Tashkent qilgan edi. Keyin bizga berishdi, keyin yana qo‘lma-qo‘l bo‘ldi. Har yili yangi tizimga o‘tishadi.

Charchashmadimikan???


Agar ravon yurmoqchi bo‘lsak, kelishib ish qilaylik. Bitta tizim uchun har yili biz soliq to‘lovchilarning pullarini sarflamaylik.

Mana nima uchun aql odamlarimizni yurtimizda ishlab qolish qiyin kechmoqda. Keling, endi yangi to‘g‘ri usulda ish yutaylik... deydigan odam bormi?

Xullas, bunday holatlarni kamayishi uchun har birimiz o‘zimizdagi shunday odatlarni kamaytirishimiz kerak. Agar ishimiz ham o‘zimizga ham jamiyatga foyda bermayotgan bo‘lsa, bir fikrlab ko‘rib, har ikkisiga foyda tegadigan ishlarni qilishni boshlaylik.

P.S. Yuqoridagi postni Akmalning blogidan oldim. Undan avval Alisher, Amon yozgan postlarni ham kun davomida ko`rib turdim.

14.04.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 59
  • 🔥 14
  • 🤝 5
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →