TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #828 5.34K
Ajoyib kun

Bugun juda ajoyib kun boʻldi.


Londonda Oʻzbek IT jamiyati kurtak ocha boshladi. IT sohasida oʻqiyotgan, ishlayotgan va ITga qiziqadigan boshqa soha vakillari bir dasturxon atrofida yigʻildik.

Qisqa vaqt ichida xabar berilganiga qaramay 22 kishi yigʻilibmiz. Biz uchun bu juda katta natija.

Niyatimiz:
- oʻzbek farzandlari chet el tajribasini olishi;
- shaxsiy koʻnikmalarini oshirishi;
- birgalikda Startup loyihalar qilish;
- Vatanga foydali bilim olib borish.

Suhbatimiz juda mazmunli boʻldi. Teran fikrli va katta maqsadli yoshlarimizni koʻrish odamga gʻayrat bagʻishlaydi.
Hissiyot kuchlilik qilib, koʻp narsani ayta olmayapman. Nasib qilsa rejalar va ularning amalga oshishini yoritib boraman.

Kimdir Angliyaga kelsa va IT jamiyati bormi desa, javob aniq boʻldi: Ha bor. Kelaverasiz.


Kuningiz xayrli boʻlsin!

P.S. Uzbegim restoraniga alohida rahmat! Londonda katta joy topish qiyin, lekin bitta iltimosga 20 kishilik joyi qilib berishdi.
Ovqatlari mazali, turi koʻp. Oshni yep tugata olmaydi kishi. Narxi ham hamyonbop.
Tavsiya qilaman.

03.04.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 70
  • 🔥 11
  • 👨‍💻 5
  • ⚡ 1
  • 🕊 1
  • 🤝 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →