TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #818 3.42K
Amon *raqamli transformatsiya Ha do'stlar Odoo dunyo bo'ylab tadbirkorlarga yordam berishda davom etadi.
Oʻzbekistonda biznesni tizimlashtirish jadal rivojlanayotgani juda quvonarli. Chunki bundan keyingi qadamlar uchun albatta tizim kerak.

Angliyada faoliyatim davomida korxonalardagi ITning roʻlini yanada chuqur koʻrish imkoniyatiga ega boʻldim. IT faqat MS Wordda matn terish, Excel esa moliya hisobidan tashkil topgan emas.
Tizim mavjudligi, havf (risk) boshqaruvi va muammoli holatlardan chiqish usullari, har bir xodim vazifalari kabi koʻplab tushunchalar tizim va hujjatlar asosida yuritiladi.

Bitta sodda misol keltirsam. Buni koʻp biznes egalariga aytsam, oʻylanib qolishadi.

Siz tadbirda qatnashmoqdasiz, koʻp chet eldan biznes egalari kelgan. Vizitka (biznes maʼlumotingizni) tarqatasiz.

- Agar men vizirkangizda @gmail.com, yoki @mail.ru koʻrsam, men sizni jiddiy olmayman.


Chunki oyiga $10-$20 ayagan odam bilan qanday qilib biznes qilish mumkin?

Albatta, siz bilmagansiz, sizning saytingiz nomi bilan email ochish mumkin ekanini aytishmagan, oʻzingiz ismingiz yozilishini (turli raqamlarsiz) sinab koʻrmagansiz. Lekin bilmaganingiz sizga foydaga ishlamadi.

Shu sabab Odoo boʻlsin, email provider boʻlsin, boshqa tizimlar boʻlsin, har oy IT uchun budjet ajrating va IT mutaxassislar bilan hamkorlik qiling.

Amon boshlagan loyihalari ham shu rivojlanish uchun boshlangʻich turtki. Davomli boʻlsin.

Biznesingiz rivojlansin, Oʻzbekiston rivojlanadi.


03.03.2025 London
@DrAlgorithm
  • 👍 10
  • 🔥 5
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →