TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #806 7.97K
Ajoyib savollar

* Dasturlashni qanday oʻrgangansiz? Axir siz paytlar internet boʻlmagan.
* Shuncha kitob oʻqimasdan, video dars orqali oʻrgansam boʻlmaydimi?
* 3 oyda dasturchi boʻla olamanmi?
* Dasturlashni oʻrgansam oyiga $500 oylik berishadimi?


Bu kabi savollar koʻp berishadi. Javobini ham bilishadi. Lekin dangasalikni yengish juda mushkul ish.

Bugun sizga bitta oddiy usul haqida aytib bermoqchiman.


Maʼlum-ki, koʻp ishxonalarda ish vaqti soat 9:00 da, ammo ishning oʻzi 11:00 da boshlanadi. Erkin vaqt tartibi desa, koʻpchilik "xohlagan vaqt kelib, xohlagan vaqt ketsam boʻlar ekan", - deb tushunadi. Oylik uning 8 soat ishlab bergani uchun berilishini his qilmaydi.

Hozir mavzu bu odatni yoʻqotish ustida emas. Aksincha, keling oʻzimizni toʻgʻrilashdan boshlaymiz. Boshqalar bilan ishimiz boʻlmasa ham boʻladi. Vaqti emas.

Kompyuteringizda va telefoningizda soat (Clock) dasturi bor. Ichida sportchilar ishlatadigan Timer boʻlimi bor. Tugmani bosasiz, vaqt ishlashni boshlaydi. Lap tugmasini bosasiz, boʻlaklarga ajratib beradi.

Clockʼdagi Timerʼni ishlatib, har bir qilayotgan ishingizni hisoblab koʻring.


Ertalab Timerʼni ishga tushiring. Har bir kichik vazifani bajarganda Lap tugmasini bosib, qancha vaqt ketganini belgilab qoʻying. Buning uchun Spreadsheet yoki Excel ishlatsangiz boʻladi.

Bu hisob faqat oʻzingiz uchun. Oʻzingizni aldamang. Faqat aniq ish qilganingizni hisoblang. Choy damlash, qoʻl yuvib kelish kabi ishlarni qoʻshmang.
Majlis (va Call)larda oʻtirganingizni ham yozing. Yoniga "majlis"deb qoʻysangiz boʻladi.

Kun oxirida 4 soatga yeta oldingizmi?


Agar barcha kichik vaqtlar yigʻindisi 4 soatga yetmagan boʻlsa, demak bugun siz unumli ish qilmagan ekansiz.

Taʼlimda ham, ishda ham, loyihada ham aynan shu vaqt sizga foyda beradi.

Sinab koʻring. Balki foydali boʻladi.
Kuningiz xayrli oʻtsin.

P.S. Maxsus dasturlar bor ekanini bilaman. Unga ham qachondir yetib kelarmiz.

03.02.2025
@DrAlgorithm
  • 👍 60
  • 🔥 12
  • ❤ 3
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →