TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #796 5.25K
Bilim va Mas’uliyat

Kechki tamaddi vaqtida foydali video ko‘rib turaman. Shulardan biri Veritasium YouTube kanali, buni avval ham aytgan edim.

Kecha qiziq bir videosini ko‘rdim. Dunyoni samolyotda aylanib chiqqan ilk ayol uchuvchi, Amelia Earhart, haqida. Menga muallifning oxiridagi gapi yo‘qdi.

- Ba’zida Bilim yetarli emas, kerak bo‘lganda Mas’uliyatni o‘ziga ola bilish kerak.


Aslida voqea radio va antenna turlari haqida edi. Tasavvur qila olasizmi, 19xx yillarda samolyotda 5 xil antenna bo‘lgan va har biri turli vazifa bajargan. Yana achinarlisi gapirish va eshitish navbat bilan qilingan. Shulardan biri menga yoqadigan GPS mavzusiga doir.

GPS hali ixtiro qilinmagan vaqtda qayday qilib o‘z joylashuvini aniqlashgan?


Bu xabarda barcha tafsilotlarni ayta olmayman. Vaqt bo‘lganda bir tomosha qilib ko‘ring.

Amelia Earhartning oxirgi parvozi so‘nggi parvoz bo‘lmasligi mumkin edi. Muammo har bir tomon o‘zini ishini qilishida bo‘lgan. Bilim yetarli edi. Faqat yerdagi operator mas’uliyatni o‘z zimmasiga olib, rejadan tashqari harakat qilganida 2 kishi omon qolgan bo‘lar edi.

Hayotda juda ko‘p bunday voqealarni uchratasiz. ProActive bo‘lish, farosatni ishlatish, voqeani sodir bo‘lishidan avval oldini olishga xarajat qilish ko‘pincha foydali bo‘ladi.


* Yo‘lning notekis ekanini ko‘rib, belgi qo‘yish, sizdan keyin keladigan avtomobil g‘ildiragi buzilmasligiga sabab bo‘ladi.
* Metroda yosh bolaning qalpog‘i ilinib turganda olib berish, qalpoqning yo‘qolishini oldini oladi.
* Hamkasbingiz ishini ulgurmayotgan vaqtda yordam berishingiz, hatto tezroq qilish usulini o‘rgatishingiz, ertaga jamoaning tezlashishiga sabab bo‘ladi.
* Farzandingizga uy yumushlarida yordam berishingiz ularning dars qilishga ko‘proq vaqti qolishiga sabab bo‘ladi.
Misollar ko‘p, mandan ko‘ra ko‘proq bilasiz.

Faol bo‘lib, ba’zida vazifani zimmamizga olib turaylik. Jamiyatimiz uchun foyda bo‘lsin.


📱https://youtu.be/zTDFhWWPZ4Q?si=BYgacA2j9wEh4mN2

04.01.2025 London
@DrAlgorithm
YouTube What Actually Happened To Amelia Earhart? The mistakes of Amelia Earhart’s final flight, and the physics that could have saved her. Use code VERITASIUM to get 50% off your 1st club crate when you join a club for kids aged 3+ or go to https://kiwico.com/veritasium 00:00 Amelia Earhart’s final flight…
  • 👍 33
  • ❤ 5
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →