TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #789 3.46K

Forwarded from xoshimovuz

Shaxsiy ma'lumotlar daxlsizligi?

Bilasizlarmi O'zbekistonda sizni shaxsiy ma'lumotlaringiz bir pulga qimmat, ya'ni hamma istasa, be'malol topa oladi. Masalan, firma ochsangiz, banklar, buxgalterlar o'zini xizmatini taklif qilib tinmay bezovta qilishadi, farzandli bo'lsangiz, tadbir o'tkazish xizmatlari tinmay sizga telefon qilishadi va hokazo holatlarda, albatta, sizni topib o'z xizmatini tiqishtiraveradi.

Bundan ham og'irlari bor. Masalan, chetga chiqib keldingiz va yaqin orada telefon xarid qilasiz, uni esa IMEI kodini ro'yxatdan o'tkazish kerak. Tabiiyki o'z paspportingizga o'tkazmoqchi bo'lasiz, lekin syurpriz bor: sizni nomingizdan o'tkazib bo'lishgan. Chunki aeroportni o'zida sizni pasport ma'lumotlaringiz pullangan edi. Xullas, shaxsiy raqamingiz, pasport ma'lumotlaringiz, manzilingiz bilan qiziqqan odam yoki biznes uni be'malol topa oladi, kerak bo'lsa, foydalanib ham bo'ladi o'rningizga.

Mobil operatorlar sizni turli pullik obunalarga tiqib qo'yishi, tinmay har qanday universitet yoki infoqallobdan sms kelishi esa alohida mavzu.

@xoshimovuz
  • 🔥 30
  • 👍 8
  • ✍ 3
  • ❤ 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →