TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #787 4.89K
Matn tahrirlash osonmi?

Dasturlash davomida barcha biror matn muharriri ishlatadi. Masalan, VSCode, Vim, IDEA kabi.


Hech o‘ylab ko‘rganmisiz, sizning matn muharriri (Editor yoki IDE) dagi ishlash mahoratingiz qanday?

Bir kitobda yozishi bo‘yicha, agar siz matn muharririda mahorat bilan ishlay olsangiz, siz 4% vaqtingizni tejar ekansiz. Bu degani yiliga 2 hafta vaqt tejalar ekan.

Mani o‘ylantirgan narsa bu mahoratni qanday qilib baholash mumkin ekani. Axir agar har bir kotib, muharrir, ustoz, talaba shu mahoratga ega bo‘lsa, ularning umri uzayishiga olib keladi.

Ba’zi o‘lchov mezonlarini keltiraman:
• Matn tahrirlash vaqtida kursorni belgi, so‘z, qator va paragraf oralab siljita olasizmi? Masalan, har bir harakat bitta so‘zga siljita olishi kerak.
• Matn tahrirlash vaqtida, turli maxsus belgilar orasida harakatlanish (vergul va nuqtaga borish, funksiya yoki modulga borish kabi(
• Kodni formatlash (indent - bo‘sh joy tashlash, code style ga moslash)
• izohga olish va izohdan chiqarishni bitta harakat bilan qilish.
• undo va redo (oxirgi ishni qaytarish va qaytarishni bekor qilish)
• matn muharriri oynasini bir necha bo‘lakka bo‘lish va ular bilan ishlash.
• kerakli qatorga o‘tish
• tanlangan qatorlarni saralash.
• matn izlashda oddiy so‘z orqali izlash. Maxsus qolib regex orqali izlash. Avvalgi izlashni qayta ishlatish.
• vaqtincha bir nechta kursor hosil qilish, parallel ravishda barcha kursorlarni ishlatib matnni tahrirlash.
• loyihadagi "Compilation error" xatolarini ko‘rsatish
• Joriy loyiha testlarini ishga tushirish

‼️ Shu barcha amallarni sichqoncha yoki trakpad ishlatmasdan bajara olasizmi? Ha,to‘g‘rii tushundingiz faqat keyboard ishlatib. Ha, hammasini.


Aytishingiz mumkin, hozir ishlatib turgan matn muharriringiz bunday qila olmaydi deb, demak uni almashtirish vaqti kelibdi. O‘ylab ko‘ring, yilda 2 hafta ta’til olish imkoni bor-a.

11.12.2024 London
@DrAlgorithm
  • 👍 24
  • ❤‍🔥 4
  • ❤ 1
  • 👌 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →