TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #765 9.09K
Bilimning yaroqlilik muddati bor
(срок годности, expiry date)

O`ylab ko`rmagan ekanman. Kitobda shunday ibora kelib qoldi:

Afsuski, bilimning - yaroqlilik muddati bor.


Ilk bor o`qiganimda tushunmadim. Qayta o`qib ko`rdim. Yana tushunmadim. Tagidagi matnni o`qiganimda keyin tushunarli bo`ldi.

Keling birga fikr qilib ko`ramiz.

Bilim yaroqlilikdan chiqishiga sabab yangi texnologiyalar, tillar va muhitlar ishlab chiqarilishida ekan. Bozorning o`zgarishi siz biladigan texnologiyani o`yindan chiqishiga sabab bo`ladi. Sizning bilimingiz pasayishi ishlab turgan korxonangiz yoki mijozingiz oldida sizing qiymatingizni tushiradi.

Unda nima qilish kerak?

Yangi narsalarni o'rganish qobiliyatingiz sizning eng muhim strategik boyligingizdir. Asl boyligingiz yangi bilim olish ko`nikmasi mavjudligida.

Lekin asosiy qiyinchilik "Qanday qilib o`rganish" va "Nimani o`rganish"da.

Bilim portfoliosi

Dasturchilarning kompyuter haqida biladigan ko`nikmalari, dasturlari va texnologiyalarini Portfolio deb atashga odatlanganmiz. Lekin shu portfolioni boshqarish haqida o`ylab ko`rganmisiz? Bilim portfoliosini boshqarish xuddi moliya portfoliosini boshqarishga o`xshar ekan:

1. Tajribali investorlar muntazam ravishda investitsiya kiritib boradilar - odat tusiga kirgan.

2. Diversification uzoq muddatli daromad kaliti.

3. Tajribali investorlar portfoliosini ham konservativ, ham high-risk/high-reward biznes bilan muvozanatda saqlashadi.

4. Investorlar maksimal foyda olish uchun arzon sotib olib, qimmat sotishga harakat qiladilar.

5. Portfolio doim tekshirilib, yangilanib turishi kerak

Endi dasturchilarda qanday bo`lishini ko`rib chiqsak:

1. Muntazam investitsiya kiritish.
Doimo bilimingizga investitsiya kiritib boring. Kam miqdorda bo`lsa ham yangi narsa o`rganing. Bu oddiy ilmiy yangilik o`qish bo`lishi mumkin, yoki yangi chiqqan texnologiyani o`rganishni boshlash.

2. Diversification uzoq muddatli daromad kaliti.
Turli soha bilimlariga ega bo`lishingiz sizning qiymatingizni oshiradi. Bizning holda bitta texnologiyada qotib qolmasdan, yangilariga qiziqish, webdan backendga, mobilega o`tib ko`rish kadi. Yaqin tarixga nazar solsak, avval Desktop rivojlandi, keyin Web, keyin Mobile. Hozir Desktop uchun dastur yozayotgan nechta tanishingiz bor?

3. Portfolio muvozanati.
Texnologiya tanlashda diqqatli bo`ling. Bor kuchingizni bitta yo`nalishdagi texnologiyaga sarflamang. Vaqti kelib (2-3 yilda) vaziyat o`zgarsa, moslashish qiyin bo`ladi. Hamma bitta tilni o`rgansa, o`rganilmagan tilga talab oshib ketadi. Uni o`rganguningizcha unutilgan tilga talab oshadi. Shunga ikkisini bilish yaxshiroq.

4. Arzon sotib olish, qimmat sotish.
Texnologiya hali ommalashmasdan turib o`rganish, keyinchalik katta foyda olib keladi. Masalan, Java chiqqan vaqtda ko`pchilik uni tanimas edi. Hozir ko`p moliya dasturlari Javada yozila. O`z vaqtda o`rgangan yaxshigina natija (moliya)ga etishgan.

5. Portfolioni doim tekshirish.
Texnologiya shunday soha-ki, unda kecha chiqqan yangilik ertaga sovib qolishi mumkin. Shu sababli bilimlaringizni nazorat qiling. Siz biladigan Database texnologiyasi hozir kam ishlatilayotgan bo`lishi mumkin. Balki yangisini o`rganishingiz kerakdir?

Xulosa, bilim olishda to`xtamaslik kerak.
Bilim olishni o`rganaylik. Qanday olishni ham o`rganaylik.



Iqtisodchi emasman. Shunga atamalarni o`zim tushunganimcha yozdim.

* investor - sarmoyador. Biror tijoratga pul kirituvchi, uning ulushini sotib oluvchi odam.
* investitsiya - sarmoya. Biznesga kiritilgan/tikilgan pul yoki mulk.
* Diversification - turli biznes turlariga turlicha investitsiya kiritish. Muvozanat saqlash usuli.
* konservativ sarmoya - low-risk, kichik xavfli va bozorda o`zini o`rnini egallab olgan bizneslar. Kam foyda olib keladi, lekin kuyib qolish xavfi ham kam.
* high-risk - yuqori xavfli tez katta foyda olib kela oladigan va ayni vaqtda bittada 0 ga tushib qolish xavfi bor bizneslar.
* high-reward - yuqori daromadli bizneslar.


04.11.2024 London
@DrAlgorithm
  • 👍 50
  • 🔥 17
  • ❤ 1
  • 🤣 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →