TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.6K subscribers
Post #746 2.22K
🎉 Ustoz va murabbiy!

Assalomu alaykum, ustozlar va murabbiylar! Ayyomingiz muborak bo`lsin!

Sizning qilib kelayotgan mehnatingiz nafaqat sizning o`quvchilaringizga, balki yurtimiz va millatimizga katta manfaat olib kelishi hech kimga sir emas.

Bu mehnatning tagida qanchalik katta mashaqqat yotganini vaqt o`tib sezish mumkin ekan holos. Alloh sizni ulug`lasin, o`zi rozi bo`lsin!

Barcha hamyurtlarimizga bugun ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan tarihga nazar solib, sizga ilm bergan insonlaringizni eslab o`tishni tavsiya qilaman. O`zim ham kunni shu bilan boshlagandim.

1. Ona - sizning tug`ilishingizdan boshlab sizga ilm va tarbiya berishni boshlagan zot, ustozlarning birinchisi. Siz yorug` olamga kelishingizda sizni kutib turgan olam haqida tanishtirgan va tayyorlagan murabbiy. Siz katta rahmat!

2. Ota - sizga bitta qarashi bilan ma'no to`la dars bera olgan inson, o`zining hulqi va harakati orqali sizga namuna bo`lgan zot. Sizning quvonchli va qiyin kunlaringizda orqangizda dalda bo`la olgan zot. Katta ustoz!

3. Buvijoningiz - hali maktabga chiqmasingizdan sizga harf va hisobni o`rgangan ustoz. Maktabda 1-qatorga o`tirishingiz, doimo 5 baho olib kelishingiz sababchisi, urishib kiymingiz yirtilganida sizning yoningizni olgan zot, murabbiy.

4. Ilk o`qituvchingiz - maktabga 1-kundan sizni kutib olgan, ilm bergan, kitob ushlatgan va sizni boshlang`ich sinflarda katta bo`lishga tayyorlagan ustoz.

5. O`rta sinf ustozlaringiz - sizning qiziqishingizni bila olgan, o`zining faniga qiziqtira olgan ustozlar. O`zini bolasiga vaqt kam qolsa ham sizni Olimpiada va boshqa musobaqalarga olib yurgan zot. Ish vaqtidan tanshqari siz bilan shug`ullangan ustoz.

6. Universitet domlangiz - mustaqil hayotni endi boshlagan vaqtlaringiz sizni to`g`ri yo`naltira olgan, kelajakda hayot yo`lingizni topishingiz, qiziqishingizga mos kasb egasi bo`lishingiz, sohangizni mukammal egasi bo`lishingizga yordam bergan ustoz.

7. Hayot, Millat, Vatan - sizni tug`ilishingizdan boshlab, hozirgi kuningizgacha sizga sharoit yaratgan, oqibat o`rgatgan, xatolaringizni ko`rsatib bergan, ularni tuzatishga sharoit bergan murabbiy.

8. Do`stingiz, sinfdoshingiz, qadrdonlaringiz - sizni doim qo`llab-quvvatlab kelgan. O`ziga foydasi tegmasa ham sizni o`sishingizga sababchi bo`lgan birodarlaringiz. Sizning yoningizda bo`lganini o`zi bilan sizga kuch bergan, g`ayrat bergan qiyomatlik do`stlaringiz. Biroda-murabbiylar.

... bu ro`yxatni davomi juda uzun. Har birida birnecha insonni eslab o`tamiz.

Keling bugun shu sabab bilan ularni eslab o`taylik. Ismlari bilan eslab, duo qilsak.


Hurmatli ustozlarim, murabbiylarim! Barchangizni kasb bayramingiz bilan tabriklab, yil davomida kuningiz bugungidek quvochli va barakotli bo`lishini tilab qolaman!
Ayyomingiz muborak!

01.10.2024 London
@DrAlgorithm
  • 🏆 7
  • 👍 4
  • 🎉 3
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →