Kitob va Paradox kema
Avvallari kitob qayta nashr etilishini bilmas edim. Keyin esa nashr yiliga qarashni boshladim.
Vaqt oʻtib yangi nashr faqat kitobni qaytadan chop etish emas ekanini bildim. Har bir yangi nashr yangi oʻzgarish degani ekan.
Tasavvur qilganmisiz, sizga kitob tavsiya qilishdi. Nomi, muallifi va muqovasi maʼlum. Sotib oldingiz. Oʻqib koʻrsangiz, tavsiya etgan odam aytgan narsalar kitobda yoʻq.
Menda ham oʻxshash holat boʻldi. Kutubxonadan kitob olib oʻqidim. Rosa yoqdi. Keyin online doʻkondan buyurtma berdim. Qoʻlimga olganimda oʻqib koʻrsam, ichi toʻlaligicha boshqacha. Bilsam, men kutubxonadan olganim 2-nashr va sotib olganim 3-nashr ekan.
Shundan beri kitob tanlashda nashr raqamiga ham eʼtibor bera boshladim.
Paradox kema haqidagi xabarim esingizdami?
Unda kemani qayta yasagan edik. Bu yerda esa kitob nomi oʻsha, ichi esa boshqa. 🥴
Hayot paradoxlarga toʻla. Yo biz e'tibor bermaymiz yo bizga ta'siri yoʻq.
26.09.2024 L
@DrAlgorithm
Post #745
2.11K
Dr. Algorithm Paradox kema Tasavvur qiling yangi kema yasadik. Nom berdik , masalan Apollo. Vaqt oʻtib uni taʼmir qilgani olib bordik. Qaysidur qismini almashtirdi. Almashtirilgan qismni yigʻib qoʻydik. Uzoq vaqt oʻtib, kemaning barcha qismlari almashdi. Savol: bu…

- 👍 33
- ❤ 2
- ❤🔥 1
- 🤔 1