Yaponiyada korxonalardan biri 100,000 ta IC karta buyurtma beribdi. Ishlab chiqaruvchi yozishi boʻyicha har 10,000 tada bitta karta nosoz (brak) chiqar ekan. Buyurtma yetib kelganida bitta katta quti ichi minglab IC kartalar solingan edi. Ajablanarlisi, katta quti yonida kichik bir quticha ham bor ekan. Mijoz qutichani ochib qarasa ichida 10 dona karta va quyidagi yozuv bor edi:
- bu ishlamaydiganlari.
Agar hamma ham sifatga shunday eʼtibor berganida nima boʻlar edi?
+ Dastur yozsang kamchilik (bug) boʻlmasa.
+ Ishga tushgan dastur 5 yil oʻchmay ishlay olsa. Qotib qolib, restart soʻzini eslatmasa.
+ Ixtiyoriy OTda dastur ishlay olsa.
+ Doimiy ishlashi uchun qoʻllab-quvvatlash (support, DevOps) kerak boʻlmasa.
Fantastika! - shunday emasmi?
Avvallari koʻp martalik mahsulot ishlab chiqrar edik. Hozirgi kunda hatto avtomobil motori ham bir martalik.
Izoh 1: Yuqoridagi voqea latifadan olingan.
Izoh 2: IC karta, bu kunlalikda ishlatib keladigan toʻlov, transport yoki turniketdan kirish kartamiz.
@DrAlgorithm
