Shunday habarlarni eshitsam hursand bo`laman. Hali umid katta, yoshlarimiz juda aqlli. Biz esa yordam berishimiz va jamiyatimizga foyda beradigan ishlarni ko`p qilishimiz kerak.
Qachon akademiklar ko`payadi, qachonki professorlar ko`paysa,
Qachon professorlar ko`payadi, qachonki fan nomzodlari ko`paysa,
Qachon fan nomzodlari ko`payadi, qachonki magistrlar ko`paysa,
Qachon magistrlar ko`payadi, qachonki talabalar ko`paysa,
Qachon talabalar ko`payadi, qachonki a'lochi o`quvchilar ko`paysa.
Demak farzandlarimizni yaxshi o`qitsak, ular ko`p bo`lsa, bizda ham akademiklar ko`payadi.
Hamma gap bizda ekan. Farzandlarimizni o`qitaylik. Qizlarimizni mustaxkam o`qitaylik. Farzandlarimizga aniq fanlarni ko`p o`qitaylik.
Fan olimpiada g`oliblarimiz ko`paysin! 🥇🥇🥇
@DrAlgorithm