Bahodir juda kuchli professor.
Milliy Universitet davridan taniyman. Keyinchalik chet el universitetlariga oʻqishga ketdi va ilmiy faoliyatini davom ettirib qaytdi.
ACM Club tashkil etgan edi. ACM bu xalqaro dasturchilar musobaqasi. Avvallari IBM homiylik qilar edi, keyinchalik JetBrain homiy boʻldi.
Finalga chiqqan (yutmasa ham) guruh (3 kishi) TOP AT korxonalariga $20k ga ishga taklif qilinar edi.
Oʻzbekistondan 1 marta finalga chiqilgan (2013 y.)
Bahodir INHA, Akfa universiteti, New Uzbekistan universitetlarida faoliyat yuritgan.
Turli konferensiya va tadbirlarda matematik nazariyalarni o`yinlar yordamida tajriba qilib ko`rsatishi ko`pchilik yodida qolgan.
Farzandingizni ilm olishiga sharoit qiling. Bahodirdek jasur qilib tarbiyalang. Ertaga ham oʻzingiz ham farzandingiz roxatini koʻradi.
Bahodirlarimiz koʻpaysin!
@DrAlgorithm
Post #678
2.26K
Zafarbek Solijonov Сигма Подкаст Янги Ўзбекистон университети проректори, профессор Баҳодир Аҳмедов билан суҳбатлашибди
- 👍 40
- 👏 4
- ❤🔥 2