[Shaxsiy fikrlarim]
Arab tili ilmiy til boʻlgan davrda juda koʻp xalqlar kitoblari arab tiliga tarjima qilingan ekan. [1] [2] [3]
Ovrupa davlatlari 10,000 lab kitoblari bor vaqtda, Bogʻdodda kutubxona 100,000 larda oʻlchangan ekan. [4] [5]
Bu ishni amalga oshirish uchun har bir kitob tarjimasi va koʻpaytirilishi uchun gʻaznadan pul toʻlangan deyishadi. [6]
Ilmni bir joyga toʻplashning bundan unumli yoʻli bormikan?
Shaxsiy kutubxona va Kutubxonani xususiylashtirish
Davlat kutubxonalari hamma davrda boʻlgan. Davlat buning uchun gʻaznadan pul ajratgan. Jamoat kutubxonasi boʻlgani uchun kitoblarni saralash va tanlash mutaxassis va markazlar boʻynida boʻlgan. Oʻzbekistonda hozir ham shunday.
Shaxsiy kutubxonalar esa odamlar oʻzlari toʻlagan kitoblari saqlanadigan joy. Uni, ham tor doirada yopiq, ham keng jamoatchilik uchun ochiq qilsa boʻladi. Kitob saviyasi obyektiv, kutubxona egasiga bogʻliq.
Unda, kutubxonani xususiylashtirish nima?
Bunda kutubxona bir guruh shaxslar boshqaruviga oʻtadi. Kutubxona rivoji uchun mablagʻ kiritishadi, aholi uchun qulayliklar qilishadi. Davlat, xalq puli sarf boʻlmaydi.
Muammo nimada?
Muammo bu kutubxona ichidagi kitoblar magʻzida. 'Best seller' kitoblarni eslang.
Kutubxona oʻzida endi barcha kitoblarni saqlamaydi, joy cheklangani uchun savdosi yaxshi kitoblarni koʻpaytiradi. Eskilarini chiqarib tashlashadi va sotib yuborishadi. Sizga ilmiy adabiyot kerak boʻlsa, muddati oʻtga boʻladi yoki umuman mavjud boʻlmaydi. Kitoblar asosan savdoga aloqador mavzularda boʻladi. Bitta kitob tekinga oʻqiysiz keyin muallifning boshqa kitobini sotib olasiz.
Yana bir kutubxona turi bor. GB larda oʻlchanadi.
Elektron kutubxona.
Saqlash va tarqatish oson boʻlgani uchun bu usuldan foydalaniladi. Qogʻoz kitobni olib, skanerlab, elektron shaklga oʻtkaziladi. PDF yasab (veb-sayt, kanal va boshqa tarmoqqa) joylanadi. Shu bilan odamlar yuklab olishni boshlashadi.
Bu men eng yomon koʻrgan usul:
1. Odamlar barcha kitobga ega chiqishga qiziqadi va hammasini oʻziga yuklab olishga harakat qiladi. Vaqtini ketkazib saqlab oladi. Ammo oʻqimaydi.
2. Kutubxona egasi arzonga kitob tarqatayotganidan hursand boʻladi. Ammo muallif haqqiga hiyonat ekanini oʻylamaydi.
Bundan keyin qaysi muallif kitob yozgisi keladi?
Toʻgʻri yoʻl
Toʻgʻri tashkil etilgan elektron kitoblar ham bor. Baʼzilarini misol keltiraman.
1. Kindle, Kobo, Boox va PDF DRM kabi elektron kitob oʻqish va tarqatish usullari bor. Kitoblar sotib olinishi va muddatga ijaraga olinishi mumkin. Ijara vaqti tugasa, oʻzi oʻchib ketadi. Juda qulay, millionlab kitob bor. Sotish mexanizmi mavjud.
2. Libby dasturi va kutubxona. Bunda kutubxona oʻzida mavjud kitob, jurnal va gazetalarni Libby kabi dastur yordamida tarqatadi. Odamlar kutubxona aʼzolik raqami orqali kirib, kitob olish huquqiga ega boʻlishadi. Elektron kutoblar soni cheklangan boʻladi. Bir vaqtda faqat 10-15 kishi oʻqiy olsa, boshqalar navbat kutib turadi. Kitob oʻqish tekin. Faqat navbat kutasiz. Yoki navbatsiz kitobni sotib olib oʻqiysiz. Qaytarish muddati kelgach avtomatik kitob sizdan ochib ketadi.
3. Kitobni ommaviy tekin qilish uchun muallifga toʻliq pulini berish usuli. Bunda biror mavzuda yangi kitob yozish yoki tarjima qilish kerak boʻlsa muallif bilan kelishiladi. Uning mehnati baholanib, uning xizmat haqqi toʻliq qoplanadi. Shunda kitobni necha marta chop etish yoki tekinga tarqatish moliyalashtirgan tomonda boʻladi. Masalan, 500mln soʻmga yangi kitob yozdirib, chop etasiz va maktablarga tarqatib yuborasiz. Muallif kitob yozish ishtiyoqi oshadi, ilm tekin qilingan boʻladi. Albatta, bu usulni davlat ham koʻp ishlatadi.
Ilm olinadi, ilm berilmaydi. (Wiki)
Hulosa oʻrnida aytmoqchi boʻlganim, ilm olinishi kerak. Ilmni tekin qilaman deb qadrini tushirib yuborilishi mumkin. Intilish bilan, qiyinchilik bilan, doimiy shugʻullanish bilan olingan bilim ham qadrli boʻladi ham doim esda qoladi.
@DrAlgorithm
