TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #660 928
Virus — Virus kichik dastur boʻlib, boshqa dastur ichiga kiritiladi. Dastur ishga tushirilganida, virus ham ishga tushadi va oʻzini oʻzi koʻpaytiradi. oʻzini boshqa dasturga koʻchiradi yoki virusi bor yangi dastur nusxasini yaratadi. Yuqtirilgan dastur odatda yolgʻon nomga ega boʻlib, uni behosdan ishga tushirib yuborishga sabab boʻladi.

Trojan — Virusga oʻxshash. Troyan boshqa dastur ichida yashirinadi. Virusdan farqli oʻlaroq, Troyan koʻpaymaydi. Buning oʻrniga, dastur ishga tushganida zararli harakatlarni amalga oshiradi. Masalan, tizimga keyinchalik kirish uchun tuynuk (backdoor) ochadi.

Qurt (Worm) — Qurt alohida dastur, virusga oʻxshab boshqa dastur ichida yashirilgan boʻlmaydi, u oʻzi turgan kompyuterni tekshiradi va o‘zini tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga nusxalashga harakat qiladi. U bevosita oʻzini o‘sha kompyuterlardagi zaifliklarni topish orqali nusxalaydi yoki yuqtirilgan kompyuterda elektron pochta manzillariga o‘zini yuborishni boshlaydi. Kimdir uni ishlatib yuborsa, zararlangan boʻladi.

Soxta dastur (FakeApp) — Soxta dastur o‘zini boshqa bir narsa sifatida ko‘rsatadigan soxta dastur. Masalan, Minecraftning so'nggi versiyasi. Soxta dastur qisman ishlaydigan arzon nusxa boʻlishi yoki umuman ishlamasligi mumkin. U deyarli har qanday ishni bajarishi mumkin. Masalan, reklama koʻrsatishi, xavfli veb-saytlarga yoʻnaltirishi, viruslar yoki Troyanlarni oʻrnatishi va albatta kartangizdan pul yechib olishi kabi boshqa zararli harakatlarni amalga oshirishi mumkin.

Mantiqiy bomba (Logic bomb) — Mantiqiy bomba tizimga oʻrnatilgan dastur boʻlib, ma'lum sharoitlar yuzaga kelganida harakatga tushadi. Masalan, gʻazablangan xodim, xodim ishdan boʻshatilsa, ma'lumotlarni yoʻq qiladigan bomba oʻrnatishi mumkin. (Buni oldini olish uchun, xodimlaringiz bilan yaxshi munosabatda boʻling.)

Vaqt bombasi (Time bomb) — Vaqt bombasi ma'lum bir sana va vaqtda ishga tushadigan, toʻxtaydigan yoki boshqa harakatlarni amalga oshiradigan dastur. Biror dasturning beta versiyasi tekshirib boʻlinganidan so‘ng ishlamay qolishi uchun vaqt bombasi qoʻyiladi. Ammo belgilangan vaqtda ma'lumotlarni yo‘qotish yoki virusni ishga tushirish kabi zararli harakatlarni ham amalga ochirishi mumkin.

Tovlamachi dastur (Ransomware) — Tovlamachi dastur hujumi kompyuterdagi fayllarni shifrlaydi va fayllarni tiklash uchun to‘lov talab qiladi. Hujumchilar nafaqat sizning ma'lumotlaringizni shifrlab, undan foydalanishga imkon bermaydilar, balki ular ma'lumotni boshqa xakerlarga (masalan, kredit karta ma'lumotlarini) yoki ommaga (masalan, tibbiy yozuvlar yoki sharmandali kompaniya sirlarini) tarqatish bilan ham tahdid qilishadi.

Josuslik dasturi (Spyware) — Josuslik dasturi ma'lumotlarni yigʻib, hujumchiga yuboradi. Masalan, brauzeringizda juda koʻp reklama koʻrsatadigan, klaviatura tugmalarini va parollarni yigʻadigan yoki moliyaviy ma'lumotlarni oʻgʻrilaydigan dasturlar shu jumladan.

Rootkit — Rootkit kompyuterning ruxsat etilmagan qismiga kirish imkonini beruvchi dasturlar toʻplamidir. Masalan, Troyan keyinchalik tizimga kiritishga imkon beradigan rootkit oʻrnatishi mumkin, hatto tizim administratori vakolatlari bilan.

DoS (denial-of-service attack) — DoS (xizmatni rad etish hujumi) server yoki tarmoqni foydalanishga yaroqsiz holga keltirishga harakat qiladi, koʻpincha uni soxta soʻrovlar bilan toʻldiradi, shunda haqiqiy soʻrovlar oʻtib keta olmaydi. DDoS (distributed denial-of-service attack, tarqalgan xizmatni rad etish hujumi) oʻxshash boʻlib, hujum bir nechta kompyuterlardan amalga oshiriladi, masalan botnetdan.

Botnet — Bot Internet orqali ishlaydigan dastur. Botnet hujumchi tomonidan boshqariladigan botlar tarmogʻi hisoblanadi. Botnet harakatlarni bitta botga qaraganda ancha tezroq amalga oshirishi mumkin. Masalan, botnet DDoS hujumini boshlashi, millionlab elektron pochta hisoblariga spam yuborishi yoki xakerning foydasiga kripto tanga qazib olishi mumkin.

@DrAlgorithm #cto
  • 👍 9
  • ❤ 1
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →