Oʻtgan safar Java va C# ni koʻrsatganimda rosa tortishuv avjiga chiqqan edi. Aslida niyatim esa, bu jang hech nima bermasligini aytish edi.
Kecha borib, Python va PHP ni doʻstlashtirib keldim. Boshqa urishmimiz, yonma-yon yuramiz deyishdi. Hatto bir biri bilan birga ishlayotganlari ham bor (orqamda Python va PHP birga API orqali gaplashishyapti).
Aslida biz bilgan va tortishib yurgan mavzu siz oʻylaganchalik muhim emas. Chunki dasturchi ham bir quruvchi kabi gap. Gʻish yoki gazoblokdan imorat koʻtarish pudratchining qaroriga bogʻliq.
Siz oʻrgangan dasturlash tili esa, toʻliq loyihada atigi 20% ni tashkil etadi. Unda qolgan 80% nima ekan deb soʻrashingiz mumkin. Shuni yoritishga harakat qilaman.
Bilasiz ishga topshirishingizda sizdan Soft skill va Hard skill larni imtixon qilishadi. Hard skill aynan siz bilgan dasturlash tili. Uni doim oʻstirib, rivojlantirib borishingiz kerak.
Masalan, Pythondan boshlasangiz PHP ga oʻtasiz, PHP da boshlasangiz Pythonga oʻtasiz. Vaqt oʻtib Java, C# va yana koʻp tillarni oʻrganish kerak boʻladi.
Soft skill esa siz oʻzingizni qanday tutishingiz. Agar tepangizda rahbar boʻlmasa Dota oʻynaysizmi yoki Backlogdan vazifa qidirasizmi? Aynan shu narsalarning toʻplami. Sizni intixon (interview) qilishganida ham aynan shunga e'tibor berishadi.
Demak, tillar bilan talashib turishgan bir vaqtda dono dasturchilar Soft skill nima ekani va uni qanday rivojlantirish mumkin ekani haqida bosh qotirishadi.
Bolalar, keling doʻst boʻlib yashaymiz, - degan edi Lyapold.
Kuningiz hayrli o`tsin!
Savollar boʻlsa, izohda berishingiz mumkin.
@DrAlgorithm
