Akobir bilan boʻlgan holat juda achinarli. Biznes va egʻtiqod bir biriga ulanmasligi kerak.
Holat yuzasidan ertalabdan koʻp kanallarda va aynan LinkedIngʻning oʻzida fikrlar bildirilgan. Bu shaxsiy yondashuv yoki korxona talabi ekani hali aniq emas.
1. Holatga aniqlik kiritish kerak, bunga Nuriddin taklif etgan murasaddi tashkilotlarga murojaat qilish toʻgʻri deb bilaman. Hamma oʻzini fikrini gapirsa haqiqat yuzaga chiqib qolmaydi. Surishtiruv kerak.
2. Dinimizda har ikki tomonni eshitish buyurilgan. Akhmadiyning postida ham shu nazarda tutilgan.
3. Baykot yaxshi narsa. Koʻrinib turibdi juda foydali boʻldi va koʻpchilik bunga qoʻshildi. 1-ishni qilib boʻlgach, yoppasiga korxonaga baykot qilsa arziydi. Hozircha aniqlik kiritish yaxshi yechim.
Oʻzingda yoʻq, olamda yoʻq .
Oʻz uyingda qoidalar boʻlmas ekan, tashqaridan kirgan korxona sanga qoidasini oʻtkazadi. Hattoki UAE boʻlsa ham.
Bu yaxshi signal. Uygʻotishdimi, endi koʻrsatib qoʻyaylik. Qoidalarni (policies) ishlab chiqib, kim uyda xoʻyajin ekanini koʻrsataylik.
Arz qilish oson, yechim taklif qilish qiyin.
Birlashish qoʻlimizdan kelar ekan. Mana koʻrdik. Keling endi aslida qayday boʻlishi kerak, takliflarni ishlab chiqib, oʻrtaga tashlaylik.
P.S. UAEda katta kazino oroli qurilishi boshlandi.
@DrAlgorithm


