TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #553 975

Forwarded from Sardor og'a | Fikrlar | Shippakdagi kritik

Bizning muammolarimiz bor. Biror kasb o'rganmoqchi bo'lsak, qo'rquv bilan o'rganamiz. Qo'rquv har taraflama:
- o'rgana olamanmi?
- o'rgansam ish topa olamanmi?
- ishga kirish uchun suhbatdan o'ta olamanmi?
- ishga kirgandan keyin o'sa olamanmi?
- bu ish orqali maqsadlarimga yeta olamanmi?
- tanishlarim ustimda kulishadiku PHPni ham o'rganasanmi deb...
...

Qo'rquv va o'zimizga ishonchsizlik juda kuchli bizda. Doim kasb tanlamoqchi bo'lsak idealini tanlamoqchi bo'lamiz. Faqat shu idealini tanlasamgina o'z maqsadlarimga yeta olaman deb o'ylaymiz. Vaholangki biznesda ham N ta "FAIL" bo'lsa ham shular orasida birortasi "SUCCESS" bo'lishi mumkin.
Kasbda ham shunday, Siz o'zingiz uchun qaysi kasb har taraflama ideal ekanligini boshida bilmaysiz.

Man Rus millatidagilar bilan gaplashib, ularning biz O'zbeklardan asosiy farqi, o'ziga ishonch bor va qo'rquv yo'qligida ekanligini sezdim. Ular biror kasb o'rganishmoqchi bo'lishsa qattiq kirishadi va shuni ustasi bo'lishga harakat qilishadi. Ular o'ziga ishonch kuchli bo'lganligi bilan gap ham berishmaydi kerak bo'lsa. O'z fikrini himoya qiladi.

Masalan:
- Python yoki Nodejs o'rgana olarmikinman? Qiyinmasmi?
- PHP o'rgansam ish topa olamanmi?
- PHP o'rgansam o'sa olamanmi, o'lgan til ekan deyishyaptiyu?
- PHP o'rgansam oylik ham kam deyishyapti, nima qilsam ekan a?
- FAANGga PHPni o'rganib ishga kirib bo'lmas ekanu?! Manam Amazonda ishlasam deyman...
  • 👍 11
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →