TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #539 665

Forwarded from UzGeeks Community

Assalom alaykum
UzGeeks Community 2015-yildan beri faoliyat yuritadi.
Shu muddat davomida ko’plab meetuplar tashkil etildi.
Telegramda guruh va kanallarda minglab yosh mutaxassislar o’z savollariga javob topishdi, ustozlardan bilim va ko’nikmalarni o’rganishdi.

Endi, UzGeeks Communityni yangi bosqichga olib chiqish vaqti keldi.
Shu maqsadda oktabr yoki noyabr oylarida StartUp Day tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda ixtiyoriy UzGeeks Community a’zosi o’z loyihasi bilan qatnashishi mumkin. Meetup tanlov ko’rinishida tashkillashtirilib, g’olib bo’lgan ishtirokchilarga pul mablag’lari, sovg’alar topshiriladi.
Bu meetupni moliyalashtirish maqsadida hamkorlar, homiylar Community tashkilotchilari bilan bog’lanishlari mumkin.
Bundan tashqari UzGeeks Communityni har bir a’zosi ham ushbu meetup’ni hamda umuman UzGeeksni moddiy tomondan qo’llab-quvvatlashi mumkin. Shu maqsadda Tirikchilik.uz platformasida UzGeeks’ning rasmiy sahifasi ochilgan bo’lib, o’sha yerda donate qilish imkoniyati mavjud.
Marhamat, UzGeeks Community’ni yanada rivojlanishida o’z hissangizni qo’shing.

Qo’shimcha takliflar, savollarni rasmiy guruhimizda qoldirishingiz mumkin.

UzGeeks Tirikchilik.uz'da https://tirikchilik.uz/uzgeeks

Hurmat bilan UzGeeks Core Team.

@UzGeeksCommunity
  • 👍 8
More from @dralgorithm
  1. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  2. Sep 7, 2026photo post
  3. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  4. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  5. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
  6. Aug 28, 2026Zamon sizniki Hafta ajoyib oʻtdi. 20 yil koʻrishmagan tanishlarim bilan koʻrishdim. Bir va…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →