TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #469 857
Korxonalar uchun

Korxonalar uchun undan ham ko`proq imkoniyatlar bor. Email manzil 2 turda bo`ladi. Biror xodim uchun mazil va bo`lim uchun manzil. Keling shundan boshlan tushuntiraman.

5. Xodim manzili - ko`p tizimlar aynan xodim uchun ochilgan manzilga tolov qabul qilishadi. Bu bitta xodim uchun ochilgan manzil. Bunga turli qo`shimcha nom (Alias) larni ulashingiz mumkin.

6. Bo`lim manzili - info@, finance@, support@ kabi manzillar shular jumlasidan.
Faraz qiling sizning moliya bo`limingiz bor. Ular uchun moliya@ deb manzil yasadingiz. Rahbar sifatida o`zingizni va Alisher ismli moliyachingizni qo`shdingiz. Oradan 1 yil o`tib, moliyachingiz almashdi. Endi nima qilasiz. Yangi xodim Botir moliyaga javob beradi. Siz endi Botirni moliya@ guruiga qo`shasiz, Alisherni esa olib tashlaysiz. Endi Botirga barcha eski xatlar ko`rinadi, Alisherda esa hammasi o`chib ketadi. Shu bilan siz ma'lumotlarni to`liq saqlanishini va faqat kerakli odamlar ishlatishini ta'minlaysiz.
Bu qilish mumkin bo`lgan bitta xolat xolos, bunday imkoniyatlar juda ko`p.

7. Guruh/Alias - yana shunday imkoniyat borki. Bitta manzilga kelgan xatni birnecha boshqa manzillarga yuborish mumkin. Bu ko`pincha yangilik va shunga o`xshash xabarlarni yetkazishga ishlatiladi.
Faraz qiling siz maktab direktorisiz. Siz barcha ustozlarga xabar yuborishingiz kerak. Siz 100 ta xodim email manzilini yozib chiqmaysiz, aksincha, ustozlar@ manziliga xat yuborsangiz, bu xat barcha ustozlarga shaxsiy xat bo`lib yetib boradi.
Bu bilan siz xat yuborishda vaqt tejaysiz va vaqti-vaqti bilan yangi ustozlarni qo`shish, ketganlarni chiqarib tashlashni ham boshqara olasiz. Eski xatlar yangi kelganlarga ko`rinmaydi.

Post biroz uchun. Foydali bo`lsa 👍 bilan belgilab bersangiz, yana boshqa mavzular bilan o`rtoqlashaman.

P.S. Agar sizga korxona uchun email bo`yicha yordam kerak bo`lsa, aloqada chiqing, yordamlashib yuboraman.


https://t.me/DrAlgorithm/468
  • 👍 23
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →