TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #466 835
Dastur ishlab chiqishda... [2-qism]

Korxona rahbari sifatida bilishingiz kerak bo`lgan narsa, bu xodimlaringiz ish joyini ta'minlash sizning vazifangiz. Ammo ko`p korxonalar buni hisobga olmaydi. Keling aniqlashtirib olsak, korxona nimalarga e'tibor qaratishi kerak.

🛄 Majburiyatlar [-]

1. Qurilma - dasturchi siz uchun dastur yozadi. Demak birinchi bo`lib qilishingiz kerak bo`lgan narsa bu qurilma sotib olishingiz. Notebook yoki desktop, ahamiyatsiz. Asosiysi dasturchi ishlay oladigan, uning ish tezligiga salbiy ta'sir qilmaysigan (masalan ~32GB RAM) qurilma berishingiz shart.
* Agar dasturchi shaxsiy kompyuterini ishlatayotgan bo`lsa, siz uning haqqini yemoqdasiz. Yoki buni alohida kelishish kerak.

2. OT (Operatsion tizim) - qurilma sizniki, demak ichidagi dasturlar ham sizniki. Endi o`g`rilangan Windows ishlatish yarashmaydi. Baraka ketadi. Linux ishlatishingiz mumkin. Lekin hamma dasturlar ishlatish huquqi berilgan bo`lishi kerak. Macbook olgan bo`lsangiz, uning OT o`zida bor.

3. IDE - Dasturchi kod yozadigan dasturlar ham guvohnoma (Lisence)ga ega bo`lishi kerak. Pullikni sotib oling yoki tekin dasturlarni ishlating, ixtiyor sizda.
* Eslatma: JetBrains da 2 xil tolov bor. Shaxsiy guvohnomadan foydalanish va korxona sotib oladigan guvohnoma. Shaxsiy 2 marta arzon turadi. Muhim joyi: Korxona xodimi uchun guvohnoma sotib olishga (oyligiga) pul qo`shib berishi mumkin emas! O`zini nomingga sotib ol, man korxonadan to`lab beraman - deyish mumkin emas.

4. Yordamchi dasturlar - o`tgan safar sanagan dasturlarimiz shu jumladan.
* Masalan, email uchun Gmail ni ishlatmoqchimisiz, Google Workspace sotib olishingiz kerak. Yoki o`zingiz server olib, o`zingiz tekin email tizimi ko`taring. Boshqa dasturlar ham shu jumladan.

5. Internet - xodim uydan ishlashga majbur bo`lsa, masalan Kovid xolatidaka, siz uni internet va tok bilan ta'minlashingiz kerak. Yoki uydagi internet va tok pulini bir qismini to`lab berishingiz kerak.

6. Ish joyi - stol, stul, monitor kabir ish joyini tashkillashtirishingiz kerak. Agar guruh bo`lib ishlash uchun doska, telvizor, proyektor yoki qog`oz kabi narsalar kerak bo`lsa, uni ham tashkillashtirish sizning vazifangiz.

* Agar ishxonada ishlash imkoni vaqtincha bo`lmay qolsa, masalan tok ketib qoldi yoki internet ta'mirlashmoqda. Siz barcha xodimlarni ishdan ozod qilasiz, yoki boror boshqa joy (kovorking, mehmonxona kabi) joy topib, u yerga olib borasiz.

❇️ Huquqlaringiz [+]

7. Yozilgan kod - Dasturchi yozgan kod uchun siz pul to`lagansiz. Demak kodni dasturchingiz o`ziga olishi, boshqa shaxsiy loyihalarida ishlatishi mumkin emas. Sizning qurilmadan faqat sizning ishlaringizni qilishi mumkin.

8. Ortiqcha dastur o`rnatishi - Qurilma sizning haqqingiz, demak xodimingiz Telegram o`rnatishi uchun oldin sizdan so`rashi kerak. Aks holda sizning haqqingizni yegan bo`ladi. Shu bilan birga korxonaning ma'lumotlari chiqib ketishiga zamin yasagan bo`ladi.

🆚 Ikki tomon [=]

9. Malaka oshirish - agar xodimingizni malaka oshirish yoki boshqa kursga yubordingiz. Masalan, Oracle, Cisco kurslarini o`qib keldi. Sharti sizda 2 yil ishlab berishi kerak edi. Agar xodim shu 2 yildan avval ketaman desa, sizga kurs pulini to`liq to`lab berishi kerak. Agar 2 yildan keyin ketsa, sizga pul bermaydi. Albatta buni shartnomada ko`rsatishingiz kerak. Man vaqtni misol tariqasida yozdim, kelishuvda aniq ko`rsatib oling.

10. Ish vaqti - agar ish vaqti aniq kelishilgan bo`lsa, xodim shu vaqt oralig`ida shaxsiy ishini bajarishi mumkin emas. Agar vaqt emas, ishbay gaplashilgan bo`lsa, unda siz kech qolgan xodimga jarima qo`yishingiz mumkin emas.

davomi bor

Agar sizda ham shunga o`xshash fikrlar yoki holatlar bo`lsa, izohlarda yozib qoldiring, keyingi postlarda ularni ham qo`shib yozib chiqaman.

O`tgan safar rasm bilan chiqarganim uchun ko`p gaplarimni yoza olmadim. Bu safar rasm qo`ymadim.


https://t.me/DrAlgorithm/467
  • 🔥 7
  • ✍ 5
  • ⚡ 2
  • ❤ 1
  • 👍 1
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →