TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #457 551

Forwarded from Ruslan Abdullayev

Post uzun bo'larov, hissiyotlarga berilmaymiz faqat faktlar bilan gaplashamiz.

O'quvchilarni shaxsan o'zim 4 ta toifaga bo'laman:
self-study (bor-1, yo'q-0) va matematika (biladi-1, bilmaydi-0)

1-1: Bu toifadagi o'quvchi "lyuboy" o'quv markazga lyuboy yo'nalishda kirsa tortib ketadi ya'ni HTML dan boshlab JAVA gacha bo'lsayam va aksincha JAVA dan HTML gayam o'rgana oladi. Bular odatda o'quv markazlariga kamda-kam holatda topshirishadi. Chunki shundog'am natijaga erishishadi.

1-0: Bu toifadagi o'quvchi bilimlarni tez o'zlashtiradi lekin mantiq qismida qiynaladi (asosan gumanitar fanlar o'qigan). Bunaqa o'quvchilarga shaxsan man o'zim C dan boshlab asosan mantiqiy masalalar ishlatishga harakat qilardim (C haqida pastroqda)

0-1: Bu toifadagi o'quvchi mantiq yaxshi lekin dangasa, bunaqalarni majburlab o'qitish kerak. Bu toifaga ham ko'proq masala ishlatish kerak va kitob o'qishni/video darslik ko'rishga majburlab boshqarib turish kerak.

0-0: Bu eng ko'p tarqalgan toifa va o'quv markazlarga asosan shu toifadagi o'quvchilar ko'p topshiradi. Chunki maktabda 11 yil hech qanday natija bo'lmadi, universitetda ham deyarli natija yo'q, shunga najot izlashadi.

O'quv markazlar bu - biznes. Demak 0-0 toifadagi o'quvchini qiziqtirish uchun odatda HTML dan boshlashadi ya'ni 3 oy davomida HTML/CSS/JS o'rgatishadi va ko'pchilik JS yiqiladi va tamom. Hozirda foundationda esa ko'pchilik C/Python o'rgatishadi (bu yaxshi)

Nega aynan foundationda C, python yoki PHP emas hatto HTML ham emas (qo'shimcha: C o'tilganda pointer/reference umuman o'tilmasligi kerak. Asosan chiqizli, tarmoqlanuvchi (if) va takrorlanuvchi qismlari (for, while). Umuman chuqurlashilmaydi)

Shaxsan o'zim nega C ni tanlashimning sababi:
1. C da o'zgaruvchi turi aniq ko'rsatiladi. Bu o'quvchida float/int/string nimaligini boshidanoq ajratishni o'rtadi
2. statically typed vs dynamic typing. dynamic typing (PHP va Python) - bu o'quvchida yolg'on tushuncha uyg'otadi ya'ni dasturlashda man xohlaganimni qilsam bo'larkan deb. Lekin aslida unaqa emas, dasturlash aniq qolip, chegaraga ega (buni js chilar yaxshi biladi let bilan var dagi muammolarni)
3. OOP vs functional programming. Pythonda hamma narsa obyekt, hatto int ham. Shuning uchun oddiy input/outputlarda pythonda oddiy ko'ringani bilan bola chalg'ib qoladi. Masalan a = int(input()). Nimaga int() bu ham o'zgaruvchi turi ham oddiy funksiya bo'lib kelishini tushuntirish ancha qiyin. PHP ga kelsa input/output asosan C bilan bir xil, hatto sal murakkabroq ham.
4. Fayllar bilan ishlashni ham C da tushuntirish osonroq ya'ni qanday ishlayapti va har bir file modelar haqida.

Va oxirgi xulosa:
1-1, 0-1 toifadagi o'quvchilardan 6, 9 yoki 12 oyda (o'quv markazlar reklama qilayotganidek) dasturchi chiqarish mumkin. Bularga PHP yoki Pythondan boshlab o'rgatsa bo'ladi. Shunda ancha tez va samarali natijaga erishadi.

1-0, 0-0 toifadagi o'quvchilar bilan kamida 2 yil ishlash kerak. Shuning dastlabki 1 yili C da faqat masala ishlash + self study ni rivojlantirish kerak. Bu qimmatga tushadi lekin buni hamma to'g'ri tushinishi kerak. Chunki bu toifadagi o'quvchilarga PHP va Pythonni o'rgatgan bilan oddiy SQL ga WHERE ni yozolmasa hech qanday web sayt ham qilolmaydi.
  • 👍 13
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →