TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #451 400

Forwarded from MohirDev.uz

Loyiha muvaffaqiyatga erishish uchun eng muhimi qaysi biri deb o'ylaysiz?

- Yaxshi mutaxassis?
- Yaxshi boshqaruvchi?
- Yaxshi loyiha?
- Yaxshi resurs?

Yuqoridagilar ham loyiha uchun muhim narsalar hisoblanadi. Lekin shaxsan men uchun yana ham muhimroq bo'lgan "menejment"dir.

Menejmentsiz ishlash juda ko'p noqulayliklarga, muammolarga olib keladi.
Biz ishxonamizda Agiledan foydalanamiz. Vazifalarni jamoa a'zolariga taqsimlash va statuslarini bilib turish uchun ClickUpdan foydalanamiz.
Ishni kunlik meetupni o'tkazishdan boshlaymiz. Biz buni tikka turgan holda emas, "call" ko'rinishida o'tkazamiz. Jamoa a'zolari har kuni 3 ta savolga javob berishadi:
- kecha nima ish qildim?
- bugun nima ish qilaman?
- qanday muammolar bor?

Biror korxonaga ishga kirish uchun resume yuborayotganingizda o'sha kompaniyani o'rganing va ularda menejment bormi, qanaqa usullardan foydalanishini o'rganing. Agarda menejment yo'q bo'lsa yoki yaxshi bo'lmasa u kompaniyaga ishga kirishdan oldin juda yaxshilab o'ylab ko'rishni maslahat berardim.

©️ Sardor Dushamov
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →