TGViewer
Dr. Algorithm Dr. Algorithm @dralgorithm · 4.59K subscribers
Post #378 1.06K

Forwarded from Sardor og'a | AI bilan rivojlanamiz

Post uzun lekin foydali, aynisa dasturchi bo’lmoqchi yoki farzandini dasturchi qilmoqchi bo’lganlarga.

Dars berib yurgan paytim (dasturlashdan), o’quvchilarning ko’pchiligi dastur tuzishga qiziqardi lekin algoritmlarga kelganda qiynalishardi. Buning asosiy sababi matematikani yo o’qimagan yo o’qitishmagan. Chunki ko’pchiligi oddiy qoldiq nimaligini bilmasdi.

Ikkinchi muammo, dasturchi chiqishi mumkin bo’lgan o’quvchilarda o’quv markazga to’lash imkoni yoki oddiy noutbuki bo’lmasdi.

Uchinchi muammo, 2006-2010-yillar TATU da o’qigan paytim, dasturchi chiqishi mumkin bo’lgan bollar o’qishga kirolmay (harbiy imtiyoz tufayli), qora mehnat qilishga majbur bo’lishgan.

To’rtinchi muammo, hozirgi kunda chet elda yurgan vatandoshlarimizdan dasturlashni o’rganmoqchiman, nimadan boshlay? deb ortiqcha harajat qilib natijaga e’rishmaganidir.

Beshinchi muammo, ko’pchilik ota-onalar manga chiqib, farzandimni dasturchi qilmoqchiman, nimadan boshlasin? deb ko’p savol berishgan. Shu paytlari matematika o’rganib tursin keyin dasturchilikka o’qib oladi deb javob berardimu lekin bu kamlik qilardi. Shu tariqa yuqoridagi muammolarga yechim qidirishni boshladim.

Aslida 2009-yili onlayn dasturlashni o’rgatadigan platforma qilish niyatim bo’lgan, lekin talabalik, yashash, kvartira muammolari bilan bo’lib, pul topishdan ortmaganman.

Niyat, niaytligicha qolmasin deb yaxshigina oylikli ishdan bo’shab (2022-yil mayda), kitob yozishni boshlaganman (2022-iyuldan). Kitobda asosan nazariy bilimlar bo’lib, “Dasturlash 0-qadam: Matematika” deb nomlangan. Kitob maktab o’quvchilari va dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lganlar uchundir.

Kitobda matematik atamalarning C va Python dasturlash tillarida qanday ifodalanishi yoritilgan. Bundan tashqari qiziq faktlar, dastur kodlari, har xil grafiklar va blok sxemalar ham keltirilgan. Qisqa qilib aytgancha 10 marotaba chaynalgan faqat yutish kerak.

Ko’pchilik dasturchilar biladi, dasturlashni nazariy o’rganib bo’lmaydi (xuddi, suzishni kitob o’qib o’rganib bo’lmaganday). Shuni inobatga olib kitobga chambarchast bog’liq bo’lgan https://itboom.uz platformasini ham yaratdim. Ushu platformada kitobdagi mavzuga aloqador qo’shimcha ma’lumotlar va masalalar keltirilgan.

Har bir masalani ikki xil: matematik va dasturiy yo’l bilan ishlash mumkin. Bundanda qizig’i, bitta masalani xohlanacha ishlash mumkin. Chunki tizim har bir masalani dinamik yaratib beradi. Bu esa xohlagancha yoki tushunguncha masala ishlash imkonini beradi.

Eng qulay joyi, dastur tuzib ishga tushirish uchun endi noutbuk kerak emas. Bitta telefonning o’zida ham o’qib ham o’rganib ham matematik va dasturiy masalarni ishlash mumkin. Telefon itboom.uz saytiga kira olsa bo’ldi.

Ushbu qulaylik har qanday vaziyatda dasturlashni o’rganishga imkon beradi.

Yuqoridagi ishlarga 3.500 soatdan ko’p vaqt sarflangan, tashkiliy ishlar bilan bundanda ko’proq. Xarajati ham ancha joyga borib qoldi.

Narxi, hozirda 48 ta turdagi masala va kitobning dastlabki mavzulari mutloq tekinga itboom.uz saytida joylayahtirilgan. O’rganishni hoziroq boshlash imkonini berish uchun.

Qolgan narxlarni https://itboom.uz saytidan ko’rib olsangiz bo’ladi (o’quv markazlarning bir oylik puli ham emas)

Agar shu joygacha o’qigan bo’lsangiz, iltimos, shu postni do’stlaringiz bilan ulashing, zero bitta shu oddiy harakat bilan dasturchilar ko’payishiga hissa qo’shing.

Ruslan Abdullayev(SHRANET)
  • 👍 5
  • 🔥 1
More from @dralgorithm
  1. Oct 5, 2026SI sabab .si ko‘tariladi AI ni SI ga o‘zgarishi haqida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Shu vaqt…
  2. Sep 7, 2026Akalar bilan uchrashuv 😎 O‘tgan hafta Saidolim aka dasturchi akalar yig‘ilishiga taklif q…
  3. Sep 7, 2026photo post
  4. Sep 4, 2026Maktab + SI + Rasm Bugun farzandim maktabidan maktub oldim. Ajablantirgani uchun bu haqida…
  5. Sep 1, 2026Vatanimiz Mustaqilligining 35 yilligi muborak bo‘lsin. Yurtimiz doim barakali, rivojlangan…
  6. Aug 29, 2026Jet lag va 15 daqiqa qoidasi Samolyot Toshkentga qo‘ndi, "Home, sweet home!" deb uyga kird…
Threads Profile ViewerView any public Threads profile without an account.Open ThreadLook →Writing with AI? Make it sound human.Metric37 rewrites AI drafts so they read naturally. Free AI detector, 1,500 words free.Try Metric37 →