Qiziq, Biz qurayotgan yoki qatnashayotgan loyihalarda. Client data kattami yoki system data ?
Client Data — Foydalanuvchilar va ularning ma'lumotlariga aloqador ma'lumotlar(Fayllar, DBdagi unga aloqador ma'lumotlar, biznes talablar uchun data vaxakzo)
System Data — Foydalanuvchiga tasir o'tkazmaydigan. Ammo tizim uchun yoki uning ishlashi uchun kerak bo'ladigan data. (Loglar, Errorlar, Transaction loglar, system loglar vaxakazolar)
Xozir shunchaki biror loyiha uchun full monitoring infra qurish uchun kerakli narsalarni list qilib chiqayotgan edim :) Ohirgi yillarda bazi projectlarda yuzlab GB loglarni ko'rganimni eslab shunday fikr kelib qoldi :)
Masalan manga tizimdagi har bir hodisani kuzatish nazorat qilish shunchaki qiziq emas o'ta muhim deb o'ylab qoldim.
Yuqoriroqdan qaraganda. Kamida 50-60% holatda storage aynan monitoring uchun ko'proq ketar ekan(Agar loglarni saqlash mudati uzoqroq bo'lsa). Log policy va uning standartlari haqida ko'p narsalar bilmayman ammo bazi loglar yillab saqlanganini ko'rgan edim. Bu asosan biror narsa uchun hujjat bo'la oladigan amaliyotlar. Faqatgina transactionlar emas.
Birnechta loyihada yanayam qiziq narsa kuzatganman. Aytaylik umumiy tizim uchun 10TB joy ajratilgan bo'lsa shuning 55-70% qismi loglarni saqlashga ishlatilingan 😁 Birinchisida muammo shunchaki loglarni o'chirishmaganidan chiqgan bo'lsa yana boshqasida atayin shunday qilishganini aytishgan edi.
Log Monitoring mavzusi sizda qanday boshqalarning fikri ham qiziq :)
Post #330
1.43K
Forwarded from Programming ∀
- 👍 10